COVID-19: Nega ayollarga nisbatan erkaklar örtasida ölim köproq?

COVID-19: Nega ayollarga nisbatan erkaklar örtasida ölim köproq?

Koronavirusga çalingan bemorlar örtasida ayollarga nisbatan erkaklarda ölim holatlari köproq uçrayapti. Uşbu holat sababini vraç allergolog-immunolog Vladimir Bolibok tuşuntirib berdi.

«Bu gormonlarning (ayollarda estrogen, erkaklarda testosteron) taʼsiriga boğliq. Erkaklarda antitanalar işlab çiqariliş darajasi birmunça past», — dedi Bolibok «Ura.ru» bilan suhbatda.

Ayollarning immun tizimi virusgaça yetib boradi.

Ayollar organizmida hosil böluvçi antitanalar hujayralar içiga oson kira oladi. Bu gormonal tafovutlar bilan ham boğliq. Katta miqdordagi antitanalar virus joylaşgan hujayralar içiga kiradi. Biroq ayollardagi uşbu afzallik bir paytning özida «tanganing orqa tomoni» ham hisoblanadi — antitanalar öz organizmi hujayra içki strukturalariga hujum qilgani bois ayollarda autoimmun kasalliklar köproq uçraydi.

«Dinastiya» klinikalar tarmoği boş şifokori, infektsionist Tatyana Çalenkoning taʼkidlaşiça, testosteron darajasi pastligi köpinça erkaklarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanişiga olib keladi, COVID-19 oğir keçişi sabablaridan biri ham şu.

«Testosteron darajasi pastligi uçun erkaklarda koronavirus infektsiyasi oğir keçişiga oid juda köp tadqiqotlar eʼlon qilindi. Testosteron miqdori pastligi yurak-qon tomir xastaliklari rivojlanişi xavfini oşirişi nuqtai nazaridan yondaşganda, buni tuşuniş oson. Ayrim tadqiqotlarga köra, koronavirusni tanuvçi oqsil X-xromosoma bilan boğliq, ular esa, erkaklardan farqli ravişda, ayollarda ikkita, immun javobi ham şunga yaraşa kuçliroq», — tuşuntirdi mutaxassis.

×