Diqqat! Özbekistonning 4 ta viloyatiga sel keladi

Diqqat! Özbekistonning 4 ta viloyatiga sel keladi

Joriy yilning 21–24 iyul kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ogohlantiriş bilan çiqdi.

Jumladan:

  • Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
  • Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toğ oldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişlari söralgan.

Şuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkinligi qayd etilgan.


Teglar:
×