Töy va marosimlarni tartibga soliş töğrisidagi nizom eʼlon qilindi

Töy va marosimlarni tartibga soliş töğrisidagi nizom eʼlon qilindi

Oliy Majlis Senati “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş töğrisidagi nizom”ni eʼlon qildi.

Taʼkidlanişiça, töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga solişda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boşqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qiliş hamda jamoatçilik fikrini inobatga oliş tamoyillariga rioya etiladi.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etiş marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraliğida ötkaziladi.

Hududlarning şaroitlaridan kelib çiqib, xalq deputatlari tumanlar va şaharlar Kengaşlari tomonidan oş beriş marosimining vaqti alohida belgilanadi.

Soat 23:00 dan keyin töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni davom ettirişga yöl qöyilmaydi.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda 200 nafargaça, mazkur tadbirlar munosabati bilan oş beriş marosimida 250 nafargaça kişi qatnaşadi.

Qöşaloq töylarda 250 nafargaça, u bilan boğliq oş beriş marosimida 300 nafargaça kişi qatnaşişi mumkin.

Dafn etiş va motam marosimlari köpi bilan uç kun mobaynida çeklanmagan miqdordagi fuqarolar iştirokida ötkazilişi mumkin, oş beriş marosimi bundan mustasno.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ötkazişda:

töy ötkazuvçi şaxslar töydan kamida bir hafta oldin yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlarini xabardor qilişi;

nikohni davlat röyxatidan ötkaziş, kelin-kuyovning töyxonaga kelişi va ketişi bilan boğliq oilaviy tadbirlarda 3 tadan köp bölgan yengil avtomaşinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi boşqa transport vositalaridan foydalanmaslik;

töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bölmagan taşuvçilar tomonidan körsatilişiga yöl qöymaslik, töy egalarining şaxsiy avtomaşinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno;

şuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarçilikka yöl qöymaslik;

mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda şakllangan odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qiliş talab etiladi.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda diniy mavzuda maʼruza közda tutilgan bölsa, uşbu maʼruza diniy taşkilotning vakolatli vakili tomonidan öqiladi.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat körsatadigan jismoniy va yuridik şaxslar töyxona, kafe, restoran maʼmuriyatiga va uşbu xizmatdan foydalanuvçilarga bu kabi xizmatlarni körsatişga ruxsat beruvçi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi.

Milliy anʼanalarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bölgan turli şoularni, ortiqça vaqt va xarajat talab qiladigan töylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qöşimça rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “çorlar”, “ota kördi”, “sep yoydi”, “quda çaqirdi”, “kuyov çaqirdi”, “kelin çaqirdi”, “toğora yuboriş”, “pul soçiş” va hokazolarni) ötkazişga yöl qöyilmaydi.

Dafn etiş va motam marosimlari bilan boğliq ortiqça tadbirlarni (“yetti”, “payşanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “yil oşi”, “pul tarqatiş”, “mato ulaşiş” va hokazolarni) ötkazişga yöl qöyilmaydi.

Töyxona, kafe va restoranlarda töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ötkazişda:

töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar iştirokçilari soniga, ularni ötkaziş vaqtiga qatʼiy rioya etiş;

atrofda yaşovçi aholining tinçligi va osoyiştaligini hamda maişiy şovqinga qarşi kuraş böyiça qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzmaslik;

oziq-ovqat mahsulotlari sifat sertifikati talablari darajasida bölişi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etiş lozim.

Töyxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq şaxs iştirokida töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkaziş uçun tadbir ötkazuvçi şaxs hamda töyxona, kafe va restoran rahbari örtasida şartnoma tuziladi. Şartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, iş va xizmat turi, tölov, xarajatlar miqdori, tadbir iştirokçilari soni, muddati hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boşqa talablar körsatiladi.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda sanʼatkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boşlovçi, söz ustasi, fotograf va boşqalar) qonun hujjatlariga muvofiq şartnoma asosida xizmat körsatadi.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat körsatişiga yöl qöyilmaydi.

Töyxona, kafe va restoranlar maʼmuriyati töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilayotganda xavfsizlik çoralarini taʼminlaşi şart.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ötkazişda jamoatçilik va davlat organlarining iştiroki

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlaridagi Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş masalalari böyiça komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy komissiyalar deb yuritiladi), Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi, Respublika “Nuroniy” jamğarmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xotin-qizlar qömitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Özbekiston musulmonlari idorasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi öz vakolatlari doirasida töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişi ustidan jamoatçilik nazorati taşkil etilişini taʼminlaydi.

Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar:

töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişi ustidan jamoatçilik nazoratini taşkil etadi, şuningdek, bu borada monitoringni amalga oşiradi;

keng jamoatçilik fikrini örgangan holda töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ötkazişga oid qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi;

töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixçam, isrofgarçiliksiz va belgilangan talablar asosida ötkaziş böyiça aholi örtasida tarğibot işlarini olib boradi hamda örnatilgan tartibga rioya etmagan fuqarolarni mahalla fuqarolar yiğiniga taklif qilgan holda jamoatçilik örtasida muhokama qiladi.

Mahalla fuqarolar yiğini, “Nuroniy” jamğarmasi hududiy bölimlari:

töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ötkaziş bilan boğliq milliy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid bölgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari töğrisida tuşuntiriş işlarini olib borişi va tegişli tavsiyalar berişi;

töy egalari tomonidan sodir etiladigan milliy urf-odat

va anʼanalarni mensimaslik, şuhratparastlik, isrofgarçilik kabi xatti-harakatlar ustidan jamoatçilik nazoratini örnatişi, tegişli talablarga rioya etilmagan holatlarni jamoatçilik muhokamasiga olib çiqişi;

töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixçam, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyat va anʼanalarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tabaqalanişga yöl qöymasdan ötkaziş böyiça jamoaviy suhbatlar taşkil etişi;

hududda ötkazilişi rejalaştirilgan har bir oilaviy tadbirdan xabardor bölişi, uning ötkaziladigan joyi, iştirokçilar soni böyiça maʼlumotga ega bölişi;

töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlardan oldin va keyin ötkaziladigan ortiqça rasm-rusum va marosimlarning oldini oliş çoralarini körişi lozim.

FHDYO organlari:

nikohdan ötiş maqsadida ariza bergan şaxslar hamda ularning ota-onalari bilan yaşaş joylarida, mahallada suhbatlar uyuştirişi, ularga nikohdan ötiş tartib-taomillari, töy marosimlarini kamxarj va ixçam ötkaziş böyiça tuşuntiriş berişi;

mahalliy davlat hokimiyati va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda din ulamolari, tibbiyot xodimlari, psixologlar iştirokida

“Yoş kelin-kuyovlar klubi”, “Oila maktabi”, “Qudalar suhbati” kabi kurslar taşkil qilişi;

nikohdan ötiş haqidagi arizani röyxatdan ötkazgandan söng uç iş kunida nikohlanuvçi şaxslar yaşayotgan mahalla fuqarolar yiğinini bu haqda xabardor qilişi lozim.

Içki işlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan birgalikda fuqarolar örtasida töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixçam va kamxarj ötkazişga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirişga, töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning şuhratparastlik va dabdaba bilan ötkazilişining oldini olişga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni taşkil etişi, şuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini taʼminlaşi lozim.

Töyxona, kafe va restoranlar maʼmuriyati rejalaştirilayotgan töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar haqida uşbu tadbirlar ötkazilişidan kamida ikki kun oldin tegişli hududdagi içki işlar organiga yozma ravişda xabar berişi lozim.

×