Suriya şimoli-şarqidagi maşhur Al-Hol lageri böşatilmoqda. Hukumat sönggi haftalarda minglab aholini köçirişni boşlagan. Bu yerda asosan “Islomiy davlat” (IŞID) gumondor jangçilarining ayollari va bolalari saqlanar edi. Bu haqda “Euronews” yozdi.
Lager ötgan oy kurdlar boşçiligidagi Suriya Demokratik kuçlaridan (SDF) hukumat nazoratiga ötgan. Rasmiylarga köra, şaroitlar yaşaş uçun yaroqsiz bölib qolgan va aholi Halab viloyatidagi boşqa lagerlarga joylaştiriladi. Evakuatsiya bir hafta içida yakunlanişi rejalaştirilgan.
Al-Hol 2019 yilda IŞID mağlub etilganidan keyin 73 minggaça odamni qabul qilgan edi. Sönggi maʼlumotlarga köra, u yerda taxminan 24 ming kişi qolgan — ularning katta qismi suriyalik va iroqliklar, şuningdek 40 ga yaqin davlat fuqarolari ham bor. 6 mingdan ortiq xorijliklar, jumladan, Rossiya, Kavkaz va Markaziy Osiyodan kelgan ayollar va bolalar yuqori xavfsizlik hududida saqlangan.
Yevropa Ittifoqining 11 davlati hozirgaça qariyb ming nafar fuqarosini lagerlardan qaytargan. Biroq köp davlatlar repatriatsiya masalasida hanuz ehtiyotkor.
Şu orada AQŞ minglab IŞID gumondorlarini – asosan suriyaliklar va ayrim xorijliklarni Iroqqa ötkazganini bildirgan. Ular Iroqda sud qilinadi. “Human Rights Watch” esa bu mahbuslar majburiy ğoyib böliş, adolatsiz sud va qiynoq xavfiga duç kelişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Kuzatuvçilar fikriça, Al-Holning yopilişi Suriyadagi yangi siyosiy reallikni aks ettiradi. Biroq minglab ayol va bolalar taqdiri, ayniqsa fuqaroligi aniqlanmagan xorijliklar masalasi hali ham oçiq qolmoqda.









