Volvo kompaniyasi EX60 nomli yangi elektromobil modelini taqdim etdi. U Gemini asosidagi sunʼiy intellekt (SI) bilan jihozlangan dunyodagi ilk avtomobil sifatida taqdim etilmoqda. Bu haqda “Exler” xabar berdi.
EX60 ikki çipli konfiguratsiyada işlaydi: NVIDIA DRIVE AGX Orin va Qualcomm Snapdragon 8255 protsessorlari uyğunlaşgan. Uşbu tizim birgalikda soniyasiga 250 trilliondan ortiq amal bajariş quvvatini taʼminlaydi. Bu esa xavfsizlik, navigatsiya va salon tizimlarida sunʼiy intellektni real vaqt rejimida qayta işlaş imkonini beradi.
Google Gemini buyruqlarga asoslangan anʼanaviy ovozli yordamçilarni almaştirib, tabiiy muloqotga asoslangan suhbatni taklif etadi. Haydovçilar aniq kalit sözlarsiz, murakkab va köp bosqiçli sörovlarni bemalol bera oladi.
Masalan, elektron poçtadan manzilni topib, uni navigatsiyaga qöşiş kabi vazifalar oddiy oğzaki nutq orqali bajariladi.
Gemini Google’ning Gmail va Kalendar kabi servislariga bevosita ulanadi. Bu haydovçilarga haydaş interfeysidan çiqmasdan turib, jadvalni boşqariş, xabarlarni qidiriş va marşrutlarni rejalaştiriş imkonini beradi.
Avtomobil 11,4 dyuymli yuqori aniqlikdagi asboblar paneli displeyi bilan jihozlangan.
Kelajakdagi versiyalarda sunʼiy intellekt avtomobilning 360 darajali kameralaridan kelayotgan videoni real vaqt rejimida tahlil qiliş imkoniyatiga ega böladi. Şundan söng tizim diqqatga sazovor joylar yoki atrof-muhit haqida savollarga darhol javob bera oladi.









