Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçining taklifiga binoan bugun, 18 dekabr kuni rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatga jönab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uçraşuvlar va tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Özbekiston – Yaponiya strategik şerikligi va köp qirrali hamkorligini yanada rivojlantiriş hamda kengaytiriş masalalari diqqat markazida böladi.
Şuningdek, Özbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinçi sammitida iştirok etadi.
Sammit dastlab 2024 yil avgust oyida Qozoğistonda ötkazilişi rejalaştirilgan, ammo Yaponiyada Tinç okeani sohilida mega zilzila xavfi yuzaga kelişi munosabati bilan favqulodda tayyorgarliklar sabab bekor qilingan edi.
Yaponiya uşbu sammit orqali Markaziy Osiyo bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşni maqsad qilgan. Sammitda mintaqaviy xavfsizlik, savdo va investitsiya imkoniyatlari böyiça muzokaralar ötkazilişi kutilmoqda. Yapon rasmiylari uşbu tadbirni global davlatlarning mintaqaga taʼsirini muvozanatlaş imkoniyati sifatida körmoqda.









