Özbekistonda joriy yilning 9 oyi davomida inson huquqlari buzilişiga yöl qöygan 33 nafar masʼul xodim intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning hisobotida maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, 2025 yilning 9 oyi davomida Ombudsmanga Özbekiston fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bölmagan şaxslar, jamoat taşkilotlari va boşqa yuridik şaxslardan 15 385 ta murojaat kelib tuşgan. Şundan 2 097 tasi harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarda uşlab turilganlar, ularning yaqin qarindoşlari va himoyaçi (advokat)laridan yuborilgan.
Murojaatlarning 37 tasi belgilangan tartibda anonim, deb topilgan.
Jami murojaatlarning 27,3 foizi iqtisodiy, 24 foizi ijtimoiy, 16,4 foizi şaxsiy, 11,8 foizi murojaat etiş, 3,7 foizi oila huquqlariga, 1 foizi ekologik huquqlarga, 11,9 foizi harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarda uşlab turilgan şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga va 3,9 foizi boşqa masalalarga oid.
Murojaatlar hududlar kesimida aholi sonidan kelib çiqib tahlil qilinganda eng köp masalalar Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toşkent şahriga töğri kelişi aniqlangan.
Hisobot davrida Ombudsman tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaş yuzasidan davlat taşkilotlari yoki mansabdor şaxslarga 133 ta daʼvo arizasi, taqdimnoma, talabnoma, ogohlantiriş va xulosa şaklidagi taʼsir çoralari kiritilgan va ularning aksariyati ijobiy hal etilgan.
Murojaatlarni örganiş natijalariga köra, inson huquqlari buzilişiga yöl qöygan 33 nafar masʼul xodim hayfsan, jarima, lavozimidan ozod etiş kabi intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarda uşlab turilgan şaxslar, ularning yaqin qarindoşlari va himoyaçi (advokat)laridan Ombudsmanga 2025 yilning 9 oyida 2097 ta murojaat kelib tuşgan. Şikoyatlarning 37 tasi yuzasidan xodimlarning xatti-harakatlariga nisbatan xizmat tekşiruvlari tayinlangan, şuningdek, içki işlar idoralarining 5 nafar xodimi intizomiy jazolangan va 1 nafari böşatilgan.
Murojaatlarning 12 tasi yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsmanning murojaat xatiga asosan yuqori turuvçi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilişi belgilangan.
2025 yilning 9 oyida Ombudsman tomonidan monitoring taşriflarida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan idora va vazirliklarga 15 ta taqdimnoma, 1 ta xulosa va 13 ta talabnoma şaklidagi taʼsir çoralari kiritilgan. Uşbu taʼsir çoralari natijalariga köra, 5 nafar soğliqni saqlaş va 12 nafar içki işlar xodimlariga intizomiy jazolar qöllanilgan.









