Navbahor Hamidova özbek boks tarixiga kirdi

Navbahor Hamidova özbek boks tarixiga kirdi

Qozoğistonning Ostona şahrida yakuniga yetib borayotgan boks böyiça Jahon kubogining navbatdagi bosqiçida Navbahor Hamidova ğalaba qozonib, mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qölga kiritgan birinçi özbekistonlik boksçi qizga aylandi. Bu haqda Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Navbahor Hamidova finalda Olimpiada va uç karra jahon çempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mağlubiyatga uçratişga erişgan. Uşbu ğalaba bilan Hamidova avvalgi 2 mağlubiyat uçun munosib revanş olgan. 

Şu tariqa Özbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan yakunlagan. Oltin medalni -65 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova qölga kiritgan bölsa, bronza medallarga -54 kg vazn toifasida Feruza Kazakova, -75 kg vazn toifasida Aziza Zokirova, -80 kg vazn toifasida Sohiba Rözmetova va +80 kg vazn toifasida Oltinoy Sotimboyeva ega çiqqan.


Teglar:
×