Palov xarajatining hududlar kesimidagi narxi eʼlon qilindi

Palov xarajatining hududlar kesimidagi narxi eʼlon qilindi

Özbekistonda 1 iyun holatiga palov xarajatining hududlar kesimidagi narxlari maʼlum qilindi.

Milliy statistika qömitasi 2025 yil iyun holatiga köra, 1 kilogramm palov tayyorlaş uçun zarur bölgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatini hududlar kesimida hisoblab çiqdi. 

Unga asosan, eng kam xarajat Qoraqalpoğistonda (97 684 söm), eng yuqorisi esa Toşkent şahrida (116 267 söm) qayd etilgan.

Narxlar: 

  • Qoraqalpoğiston R. — 97 684 söm;
  • Andijon viloyati — 104 449 söm;
  • Buxoro viloyati — 107 405 söm;
  • Jizzax viloyati — 108 900 söm;
  • Qaşqadaryo viloyati — 110 211 söm;
  • Navoiy viloyati — 108 612 söm;
  • Namangan viloyati — 108 385 söm;
  • Samarqand viloyati — 111 681 söm;
  • Surxondaryo viloyati — 109 678 söm;
  • Sirdaryo viloyati — 104 623 söm;
  • Toşkent viloyati — 112 192 söm;
  • Farğona viloyati — 114 390 söm;
  • Xorazm viloyati — 105 215 söm;
  • Toşkent şahri — 116 267 söm.

1 kg palov tayyorlaş uçun odatda quyidagilar işlatiladi:

  • 0,3 l kungaboqar yoği;
  • 300 g piyoz;
  • 700 g mol göşti;
  • 1 kg sabzi;
  • 1 kg guruç;
  • 100 g nöxat;
  • 10 g zira;
  • 20 g oş tuzi.

Yuqoridagi summalar faqat mahsulot narxlari emas, balki ularni tayyorlaş bilan boğliq xizmat xarajatlarini ham öz içiga oladi. Tayyor palov narxi bundan farq qilişi mumkin.

Teglar:
×