Namanganga Qirğiziston hukumatining Jalolobod viloyatidagi vakolatli vakili Abdusattor Sirğaboyev boşçiligidagi delegatsiya keldi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Jalolobod delegatsiyasi tarkibidan viloyat maʼmuriyati, huquq-tartibot idoralari, sanoat korxonalari va OAV vakillari, tadbirkorlar, jami 30 nafarga yaqin kişi örin oldi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Mehmonlarni Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov qabul qildi. Muzokaralar davomida ikki viloyat örtasida savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni mustahkamlaş, çegara punktlarini oçiş xususida söz bordi.
Namangan şahridagi «Uç favvora» xiyobonida Namangan va Jalolobod viloyatlari «Birodar hududlar» deya eʼlon qilinişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi

Marosimda Namangan va Jalolobod viloyatlari rahbarlari, Qirğizistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Ibroyim Yusupov hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tadbir davomida Namangan va Jalolobod viloyatlari örtasida birodarlik riştalari örnatilganini aks ettiruvçi monument örnatildi va Qirğiziston davlat bayroği kötarildi.

Qirğiziston delegatsiyasining taşrif dasturidan Namangandagi kiçik sanoat zonalari, işlab çiqariş korxonalari va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanişuv, Namangan sanoat mahsulotlari körgazmasi hamda tadbirkorlarning B2B formatidagi muzokaralari örin olgan.

Maʼlumot uçun, Namangan viloyatining 7 ta tumani Jalolobod viloyati bilan çegaradoş hisoblanadi. Viloyatning jami eksportida Qirğiziston Respublikasining uluşi 25 foizni taşkil etadi.









