Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayroği» kötarildi

Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayroği» kötarildi

Ramziy tadbir Isroilning Eronga qilgan halokatli hujumlariga qasos oliş şartligi sifatida baholanadi.

Eronning Qum şahrida joylaşgan Jamkaron masjidi uzra qizil «qasos bayroği» kötarildi, deb xabar berdi Tasnim agentligiga tayanib RIA Novosti. Ramziy tadbir Isroilning Eronga qilgan halokatli hujumlari bilan boğliq.

«Jamkaron jome masjidining firuza gumbazi ustiga qizil bayroq kötarildi, bu qon tökilişi ramzi, xalq şafqatsiz qasos olişni talab qilmoqda», deyiladi xabarda.

Eronda qizil bayroq alohida holatlarda qon adovatiga tayyorlik ramzi sifatida, köpinça siyosiy-diniy işora sifatida kötarilişi mumkin. Eng maşhur holatlardan biri 2020 yil 4 yanvarida general Qosim Sulaymoniy (Islom inqilobi qöriqçilari korpusining Al-Quds kuçlari boşliği) AQŞ tomonidan Iroqda öldirilganidan keyin sodir bölgan.

Qizil bayroqni kötariş uruş eʼlon qiliş emas, balki qasos oliş tahdididir. Bayroq qon, qasos, ğazab, qurbonlikni anglatuvçi töq qizil rangga ega.

×