Mirziyoyev Vengriyaga jönab ketdi

Mirziyoyev Vengriyaga jönab ketdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vengriya Boş vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan bugun, 19 may kuni rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatga jönab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taşrif doirasida Budapeşt şahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning rasmiylari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazilişi közda tutilgan.

Şuningdek, kun tartibidan mamlakatlar örtasidagi amaliy hamkorlik va strategik şeriklikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari örin olgan.

Özbekiston yetakçisi 21 may kuni Turkiy davlatlar taşkiloti norasmiy sammitida ham iştirok etadi.


×