Ertaga Özbekistonning ayrim joylarida kuçli şamol kötarilib, qor yoğadi

Ertaga Özbekistonning ayrim joylarida kuçli şamol kötarilib, qor yoğadi

Özgidromet ertaga, 7 mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 3-5 daraja iliq, kunduz 9-11 daraja iliq böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi, qorga aylanişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayadi. Harorat keçasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; Ustyurtda keçasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi, ayrim joylarda qorga aylanişi mumkin. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayadi, Navoiy viloyatida ayrim joylarda baʼzida 25-30 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; Navoiy viloyatining şimolida keçasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq böladi.

Toşkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayadi, Jizzax viloyatida ayrim joylarda 25-30 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq böladi.

Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayadi. Harorat keçasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq böladi.

Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayadi. Harorat keçasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq böladi. 

Respublikaning toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, baʼzi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, tuman tuşişi mumkin. Qor köçişi xavfi bor. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda baʼzida 22-27 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi va kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq böladi.


Teglar:
×