Özgidromet haftalik ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Özgidromet xabariga köra, uşbu haftaning birinçi yarmida Özbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari taʼsiri ostida böladi. Respublika böyiça vaqti-vaqti bilan asosan qor körinişidagi yoğingarçilik bölişi kutilmoqda.
13 fevralda markaziy va şarqiy viloyatlarda ayrim joylarda, şuningdek, Özbekistonning çöl hududlarida yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
14 fevralda respublikaning köpçilik viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat eng çekka janubda baʼzi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin, toğ oldi va toğli hududlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
Havo harorati 10-11 fevralda kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, keçalari 0-5 daraja sovuq, şimolda va çöl hududlarda baʼzi joylarda 6-8 daraja sovuqqaça böladi.
12 fevraldan harorat asta-sekin kötarila boşlaydi va 13-14 fevralga kelib, kunduzgi harorat 8-11 daraja iliqqaça, janubda 12-14 daraja iliqqaça kötariladi.
Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gaça kuçayadi.
Respublika böyiça baʼzi joylarga tuman tuşadi.









