Non dökondan köp "APTEKALAR"...

Non dökondan köp "APTEKALAR"...

Joriy yilning 30 aprel kuni Namangan viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan şahar, Boburşoh köçasi, 24-uyda joylaşgan noturar joy obʼekti va Namangan şahar, Zerabuloq köçasida joylaşgan yaşirin omborxonalarda 3 ta “Isuzi” transport vositasi siğimiga teng miqdorda noqonuniy saqlanayotgan dori vositalari aniqlangan. 


Dastlabki maʼlumotlarga köra, uşbu dorilarning egasi birorta firma oçmagan va tegişli litsenziya olmasdan noqonuniy faoliyat körsatib kelayotganligi aniqlangan hamda dori vositalari tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.


Hozirda, vaqtinça saqlaş uçun olib qöyilgan dori vositalari yuzasidan tegişli tartibda ekspertizalar tayinlangan bölib, suriştiruv işlari olib borilmoqda.


Bugungi kunda tadbirkorlarga barça imkoniyatlar yaratildi. Ammo ayrim kimsalar bunday vaziyatdan öz manfaati yölida foydalanmoqda. 

Öz farzandini, öz hamşaharlarini aldagan kimsalarga albatta qatʼiy jazo muqarrardir.

Davlat işonçini suisteʼmol qilmang, "tadbirkorlar"!

×