Keça, 17 oktyabr kuni Ğazoda joylaşgan şifoxonaga aviabombalar taşlandi. Oqibatda, halok bölgan va jarohatlanganlar soni 800 nafardan oşdi.
Isroilning uşbu qilmişini xalqaro taşkilotlar va yetakçi davlat rahbarlari keskin qoralab çiqdi.
BMT Boş kotibi Antoniu Guterreş “Ğazo sektoridagi şifoxonaga uyuştirilgan hujum oqibatida yuzlab falastinlik tinç aholining öldirilganidan dahşatga tuşgan"ini maʼlum qildi.
Boş kotib, şuningdek, falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş va ularni iş bilan taʼminlaş agentligining Yaqin Şarqdagi maktablaridan biriga uyuştirilgan va kamida 6 kişining hayotiga zomin bölgan hujumni ham qoralagan.
Yevropa Kengaşi rahbari Şarl Mişel hodisa insonparvarlik qoidalariga töğri kelmasligini taʼkidlagan.
"Biz bu maʼlumotni hozirgina oldik. Tasdiqlanganga öxşaydi. Fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlar gumanitar standartlarga töğri kelmaydi", degan Mişel jurnalistlarning savoliga javoban.
Isroilning Ğazo sektorini töliq blokada qilinişiga ham töxtalgan Yevrokengaş rahbari "bu ham xalqaro meʼyorlarga mos emasligini" tan olgan va bu haqdagi savollarga tölaqonli javob berişni istamagan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ham Ğazo şahridagi şifoxonaga uyuştirilgan havo hujumini keskin qoralab çiqdi. Taşkilotga köra, uşbu tibbiyot muassasasida "bemorlar, tibbiyot xodimlari va hamşiralar bölgan va tinç aholi orasidagi yaradorlarga boşpana sifatida xizmat qilgan".
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Ğazo sektoridagi şifoxonaga uyuştirilgan hujum uçun aybdorlarni javobgarlikka tortişga çaqirdi.
"Al-Ahli şifoxonasiga qilingan hujum va juda köp qurbonlar bölganidan qayğudaman. Tibbiyot xodimlari va tinç aholi bor bölgan şifoxonaga qilingan hujumni oqlab bölmaydi. Barça faktlarni aniqlaş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş kerak”, deb yozgan u X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengaşining Yaqin Şarq böyiça rezolyutsiya loyihasini uşbu hujumni qoralovçi jumlalar bilan töldirişga çorladi.
AQŞ Prezidenti Jo Bayden Ğazo sektoridagi şifoxonaga uyuştirilgan hujum holatlari tekşirilayotganini aytgan. U “şifoxonadagi portlaşdan hayratda va çuqur qayğuda” ekanini maʼlum qilgan.
“Bu haqda bilganimdan söng, men Iordaniya qiroli Abdulloh II va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan gaplaşdim va milliy xavfsizlik guruhiga aynan nima bölgani haqida maʼlumot töplaşni buyurdim”, deydi Bayden öz bayonotida.
Uning sözlariga köra, “AQŞ mojaroda tinç aholi himoyasini sözsiz qöllab-quvvatlaydi va zarba natijasida halok bölgan bemorlar, tibbiyot xodimlari va boşqa begunoh odamlar uçun motam tutadi”.
Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy Ğazo sektoridagi Al-Ahli şifoxonasiga qilingan hujumni uruş jinoyati, deb atadi hamda bu işda AQŞ va Isroilni aybladi.
"Amerika va Isroil bombalarining alangasi Ğazo şifoxonasida yotgan begunoh falastinliklarni qamrab oladi. Bunday jinoyat qabul qilinişi mumkin emas. Islom ummatining bir qismi bölgan Eron motam tutmoqda”, dedi Raisiy.
Isroil Boş vaziri Benyamin Netanyaxu buni terrorçilarning işi deb atadi.
"Butun dunyo bilişi kerak: Ğazodagi kasalxonaga Isroil mudofaa kuçlari emas, vahşiy terrorçilar hujum qildi. Bizning bolalarimizni şafqatsizlarça öldirganlar öz farzandlarini ham öldirmoqda", deb yozdi Isroil Boş vaziri özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.









