Rossiyaning Tambov şahrida Özbekiston fuqarosi giyohvandlik vositalarini internet orqali katta hajmda noqonuniy sotişga uriniş bilan boğliq 10 ta jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda “Pro Tambov” xabar berdi.
Dastlabki tergov natijalariga köra, ötgan yilning dekabr oyida sudlanuvçi qöşimça daromad olmoqçi bölib, Voronej şahridan Tambov hududidagi yaşirin joylarga (umumiy oğirligi – taxminan 105 gramm) giyohvand moddalarning ulgurji partiyasini olib ötgani aniqlangan. U geroinni Tambovdagi 9 ta hududga joylaştirgan.
Ayblanuvçi giyohvand moddalarning qolgan qismini joylaştirmoqçi bölganida militsiya xodimlari tomonidan qölga olingan. Şuningdek, undan keyinçalik sotiş uçun möljallangan yana 37 dona öramdagi giyohvand modda topilib, olib qöyilgan.
Sud hukmi bilan özbekistonlik 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U jazoni qattiq rejimdagi koloniyada ötkazişi belgilangan.









