Yarim yilda 6 nafar maktab öquvçisi homilador bölib qolgan – vazirlik

Yarim yilda 6 nafar maktab öquvçisi homilador bölib qolgan – vazirlik

2023 yilning dastlabki 6 oyi davomida umumiy örta taʼlim maktablarining 6 nafar öquvçi qizlarida erta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi bilan bölib ötgan matbuot anjumani davomida vazirlik masʼuli QALAMPIR.UZ’ga maʼlum qildi.

“2023 yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab öquvçisida erta tuğuruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qaşqadaryoda kuzatilgan bölsa, Qoraqalpoğiston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. Umumtaʼlim maktabi öquvçilari örtasida erta homiladorlik va erta tuğuruq holatlarining oldini oliş böyiça hamkor taşkilotlar: Oila va xotin-qizlar qömitasi, joylardagi mahalla faollari hamda maktab psixologlari, sinf rahbarlari, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlari bilan yaqin hamkorlikda işlar olib borilmoqda”, dedi Taʼlim taşkilotlarida tarbiyaviy işlarni muvofiqlaştiriş boşqarma boşliği örinbosari Azamat Kamolov.

Uning aytişiça, bunday holatlarning aksariyati yozgi taʼtil yoki öqişdan taşqari paytlarda sodir bölgan. Şu sababli ota-onalar nazoratni kuçliroq amalga oşirişi kerak.

“Lekin bu maktab masʼuliyatni zimmasiga olmaydi, degani emas. Hozirgi paytda öquvçi qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, soğliqni saqlaş xodimlari bilan bu kabi holatlarning oqibatlarini tuşuntiriş böyiça köplab tadbirlar ötkazib kelinmoqda”, dedi Azamat Kamolov.


×