«Özgidromet» şoşilinç ogohlantiriş eʼlon qildi

«Özgidromet» şoşilinç ogohlantiriş eʼlon qildi

Joriy yilning 5-6 may kunlari Özbekiston böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

5-7 may kunlari respublika böyiça yomğir yoğadi, toğ oldi va toğli hududlarda baʼzi joylarda kuçli böladi. Respublikaning ayrim joylarida döl yoğişi mumkin.

5-7 may kunlari kutilayotgan kuçli yomğirlar yoğişi sababli, respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida, jumladan:

  • Qaşqadaryo viloyati: Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrobod tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Poyariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;
  • Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örtaçirçiq, Yuqoriçirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
  • Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod şahrida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.


Teglar:
×