Putin Ukrainada oziq-ovqat mahsulotlarini yöq qiliş uçun Stalin usullaridan foydalanmoqda. BILD harbiy tahlilçisi Yulian Ryopke Odessa viloyati janubidagi daryo portlariga bugungi hujumni şunday izohladi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida yozgan.
“Rossiya Ukrainaning oziq-ovqat infratuzilmasiga muntazam ravişda hujum qilişda davom etmoqda. Keça u yana donni yöq qilişni maqsad qilib, mamlakat janubi-ğarbidagi portga hujum qildi. Putin özining maşhur “Qizil terror”i bilan Stalin izidan bormoqda”, — deb yozadi Ryopke.
Eslatib ötamiz, 24-iyulga ötar keçasi Rossiya harbiylari Odessa viloyatiga navbatdagi zarbani berdi. Ukraina Qurolli kuçlarining “Janubiy” operativ qömondonligi maʼlumotlariga köra, Dunay port infratuzilmasi Şahed-136 kamikadze-dronlarining tört soatlik hujumi nişoniga aylangan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari uçta dronni urib tuşirişga muvaffaq böldi. Zarbalar natijasida donli angar vayron bölgan. Işlab çiqariş binolaridan birida yonğin sodir bölgan.









