Mirziyoyevning Ozarbayjonga otlanayotgani aytildi

Mirziyoyevning Ozarbayjonga otlanayotgani aytildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yaqin kunlarda Ozarbayjon Respublikasiga taşrif buyuradi. Bu haqda 5 iyul kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev örtasida ötgan uçraşuvda söz borgan. 

Qöşilmaslik harakati muvofiqlaştiruvçi byurosining vazirlar yiğilişida iştirok etiş uçun Bakuga borgan Baxtiyor Saidov Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevning qabulida bölgan. 

Baxtiyor Saidov Prezident Ilhom Aliyevga Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning salomi va samimiy tilaklarini yetkazgan. Öz navbatida Aliyev ham Saidov orqali Mirziyoyevga salom yöllagan. 

Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi çoğida ikki davlat rahbarlari tomonidan berilgan topşiriqlar asosida faoliyat davom ettirilayotganini taʼkidlab, belgilangan barça maqsadlar diqqat markazida ekanini aytgan. 

Prezident Ilhom Aliyev, öz navbatida, Özbekistonga davlat taşrifini mamnuniyat bilan eslagan. Davlat rahbari Özbekiston tomonidan işğoldan ozod qilingan hududlarda maktab quriş loyihasi alohida ahamiyat kasb etişini bildirgan, yaqin kunlarda Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga taşrifi kutilayotganini aytgan. 

Suhbat çoğida Ozarbayjon va Özbekiston Qöşilmaslik harakati, Turkiy davlatlar taşkiloti va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasida samarali hamkorlik qilib kelayotgani alohida taʼkidlanib, ikki tomonlama kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almaşilgan.


×