Olimlar tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, şu yil yozda vujudga kelişi kutilayotgan El-Nino hodisasi tufayli jahon iqtisodiyoti 3 trillion dollar yöqotişi mumkin.
Bu haqda Science jurnalida xabar berilgan.
Naşrning qayd etişiça, El-Nino Tinç okeanining ekvatorial qismining odatdagidan uç darajagaça qizişiga sabab böladigan tabiat hodisasidir.
Olimlarga köra, bu hodisa davlatlarning iqtisodiy ösişini çeklaşga qodir va uning oqibatlarini bartaraf etiş uçun yillar kerak böladi.
Hodisa bilan boğliq isiş yaqin oylarda boşlanişi kutilmoqda. May-iyul oylarida uning yuzaga keliş ehtimoli 35 foizga, iyun-avgust oylarida esa 55 foizga oşadi, deya yozadi naşr.
Meteorologlarga köra, yozda rivojlanişi kutilayotgan El Nino Xindixitoy yarim oroli, xususan dunyoda guruç eksportida ikkinçi örinni egallaydigan Tailandda qurğoqçilikni yanada avjlantirib, şoli hosiliga jiddiy xavf tuğdirişi maksimalga yaqin.









