Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi özbekistonliklarga ogohlantiriş bilan çiqdi. Bu haqda konsulxonaning rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.
Qayd etilişiça, konsulxonaga sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari va huquq-tartibot idoralari orqali Özbekiston fuqarolarini Turkiya hududida sodir etilgan turli jinoyat va boşqa huquqbuzarliklar iştirokçisi bölib qolganliklari haqida tez-tez xabarlar kelib tuşmoqda.
“Bunday köngilsiz holatlarda jabr körişingiz yoki aybdor bölib qolişingizning oldini oliş maqsadida, siz mehmon bölib turgan mamlakat qonun talablariga qatʼiy rioya qilişingizni, özingiz va yaqinlaringizning hayoti, soğliği va mulkiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan joylar va şaxslardan yiroq bölişingizni, bunday vaziyatlarni keltirib çiqarmaslik çoralarini körişingizni, musofir yurtda vatandoşlarimizga özaro hurmat va yordam körsatişingizni yana bir bor iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanişiça, agar fuqarolar huquq-tartibot idoralari tomonidan biron bir sababga köra uşlansa yoki hibsga olinsa, bu haqda zudlik bilan Boş konsulxonaga xabar berilişini talab qiliş huquqiga ega.
“Şu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda tekşirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni, fuqarolarning şaxsiy dahlsizlik huquqlariga rioya qilişni va bu orqali qonun oldida javobgar bölib qolişdan özingizni asraşingizni sörab qolamiz”, deyiladi konsulxona xabarida.









