Xitoy va Braziliya savdo operatsiyalarida öz valyutalari foydasiga dollardan voz keçişga qaror qilganini rasman eʼlon qildi. Endilikda ikki davlatda AQŞ valyutasini oldindan konvertatsiya qiliş örniga töğridan-töğri yuan yoki realda (Braziliya reali – mamlakat pul birligi) amalga oşiriladi. Bu haqda “Fox Business” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Xitoy Braziliyaning eng yirik savdo şerigi hisoblanadi. Bu esa barça importning beşdan biridan köproğini taşkil qiladi. Pekin bugungi kunga kelib Lotin Amerikasi mamlakatiga kiruvçi barça mahsulotlarning uçdan birini taşkil etuvçi eng yirik eksport bozoriga aylangan. Braziliya Lotin Amerikasidagi Xitoy sarmoyasining eng yirik qabul qiluvçisi hamdir.
Braziliya va Xitoy aloqalari fonida amerikalik şarhlovçi Farid Zakariya jahon bozorida dollar kursining pasayişi va bu tufayli sodir böladigan jiddiy inqiroz hamda AQŞ iqtisodining tanazzulga uçraşini başorat qildi. Bu haqda u özining Twitter sahifasida maʼlum qilgan.
Unga köra, Ukraina inqirozi va Vaşingtonning Pekinga borgan sari qarama-qarşi yondaşuvi Rossiya va Xitoy dollardan uzoqlaşişni diversifikatsiya qiliş böyiça harakatlarini tezlaştiradi. AQŞdagi Silikon vodiysi bankining qulaşi AQŞ valyutasi avvalgidek mustahkamlanmay, aksinça, zaiflaşişiga sabab bölmoqda.
Kuzatuvçining eslatişiça, Oq uy taqçillikning ösişiga parvo qilmasligi mumkin, mamlakatning davlat qarzi sönggi beş yil içida qariyb 20 barobarga oşgan.
“Forbes” naşri eʼlon qilgan maʼlumotga köra , texnik jihatdan AQŞ dollari qulaşi ehtimoli mavjud bölsada, u dunyodagi eng yirik iqtisoyotdan va uning global zahira valyutasi maqomidan qöllab-quvvatlanayotgani tufayli bu ehtimol past.
Naşr öz navbatida pul va moliya dunyosida hamma narsa bölişi mumkinligini ham istisno qilmagan. Investorlar uçun ularning moliyaviy holatiga taʼsir qilişi mumkin bölgan potentsial natijalar ham muhim hisoblanadi, hatto, ular ehtimoldan yiroq bölsa ham.
“Tesla”, “SpaceX” asosçisi, milliarder Ilon Maskning fikriça, dollar tez orada jahon valyutasi maqomini yöqotişi mumkin. Mask AQŞ maʼmuriyatining öta qattiq va özgarmas siyosati tufayli köplab davlatlar öz savdo bitimlarida dollardan voz keçmoqçiligini aytib ötgan.









