Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdoğan Turkiya oliy öquv yurtlari yozga qadar taʼlimni onlayn ravişda davom ettirişini eʼlon qildi.
«Barça yotoqxonalar zilzilada boşpanasiz qolganlar uçun beriladi», – deydi Turkiya prezidenti.
Erdoğan öz çiqişida Qahramonmaraşdagi zilzila kuçi haqida töxtalib, uning kuçi 1999 yilgi zilziladan 3 barobar kattaroq va 3 barobar köp vayronagarçilik keltirib çiqarganini aytadi.
«Asrning falokati deb taʼriflanayotgan bu zilzila deyarli ming kilometrlik hududda sezilgan bölsa-da, 500 kilometrlik maydonda vayronagarçilikka olib keldi. Afsuski, şu paytgaça zilzila oqibatida 21 ming 43 kişining hayotdan köz yumdi, 80 ming 97 kişi esa tan jarohati olgan», – dedi Turkiya prezidenti.









