Keyingi dahşatli zilzila Istanbulda bölişi muqarrar – olimlar

Keyingi dahşatli zilzila Istanbulda bölişi muqarrar – olimlar

Sönggi maʼlumotlarga köra, Turkiya janubi-şarqidagi zilzila qurbonlari soni 18 ming kişidan oşdi. Bu sönggi ön yilliklarda mintaqadagi eng kuçli zilziladir. Afsuski, tadqiqotçilar Turkiyani yaqin yillarda kamida yana bitta zilzila kutayotganini başorat qilmoqda va endi bugungi kunda 16 million aholiga ega Istanbul tabiiy ofatdan aziyat çekişi mumkin. Olimlar esa mahalliy hokimiyat organlarining bunga tayyorgarligidan nihoyatda norozi.

"Meduza" naşrining yozişiça, Istanbulda zilzila muqarrar, olimlar bunga amin. Minglab odamlar ölişi mumkin, millionlab odamlar uylarini yöqotişi mumkin.

“Bu muqarrar, haqiqat", degan 2006 yilda “The Guardian” gazetasiga, öşa paytda Istanbul texnika universiteti qoşidagi Yevroosiyo geofanlar instituti direktori bölgan professor Okan Tuysuz. 

Olim yaqin yillarda Istanbul hududida kuçli zilzila sodir böliş ehtimolini taxmin qildi: 

“Biz magnitudani bilamiz. Biz joyni bilamiz. Biz bu aniq qaçon sodir bölişini bilmaymiz. Ammo 2030 yilga borib Istanbulda 7,6 magnitudali zilzila sodir bölişi ehtimoli 65 foiz. Va bu juda yuqori ehtimollik”. 

Sönggi ön yarim yil içida olimlar xavotirli prognozni tasdiqlovçi yana köplab hisob-kitoblarni naşr etdi (ehtimollik 35 dan 95% gaça, davr 2045 yilgaça, magnitudasi 7,0 dan yuqori). Zilzila magnitudasi nafaqat turkiyalik tadqiqotçilar, balki AQŞ Geologiya xizmati mutaxassislari, Italiya, Frantsiya, Yaponiya va hatto xalqaro suğurta kompaniyalari tomonidan ham başorat qilingan. 

Gap şaharning geografik joylaşuvi haqida bormoqda. Istanbul Anadolu va Yevroosiyo tektonik plitalarining tutaşgan joyida, Marmara dengizi ostidan oqib ötuvçi Şimoliy Anadolu yoriğining öşa qismidan 15-20 kilometr janubda joylaşgan. Bu seysmik xavfni oldindan belgilab beradi. Plitalarning yoriq böylab harakatlanişi köp asrlar davomida katta zilzilalarga olib kelgan. 500 yildan sal köproq vaqt içida Istanbulda yirik tabiiy ofatlar 6-7 marta sodir bölgan. Eng halokatli voqealardan biri 1766 yilda, şahar yaqinidagi yoriq şoxçasi singanida kuzatilgan (aynan şu stsenariydan olimlar hali ham qörqişadi). 

Istanbulga imkon qadar yaqinroq bölgan oxirgi kuçli zilzila 1999 yilda sodir bölgan. Öşanda falokat epimarkazi şarqdan 90 kilometr uzoqlikdagi Izmit şahrida joylaşgan edi. Unda 17 mingdan ortiq odam halok böldi. Bu 1939 yildan beri Turkiya böylab Şarqdan ğarbga, Şimoliy Anadolu yoriği böylab “harakatlanayotgan” 7,0 magnitudali zilzilalar qatoridagi yettinçisi böldi. Kuçli silkinişlar Istanbulga yaqinlaşayotganga öxşaydi. 

Başorat qilingan zilzila allaqaçon şaharning özida sodir bölişi va oqibatlari avvalgilariga qaraganda ança kattaroq bölişi mumkin. Istanbul meriyasi tomonidan 2020 yilda seysmologlar kömagida tayyorlangan hisobotga köra, 7,5 magnitudali silkinişlar taʼsiridan barça 39 ta şahar tumanlari turli darajada zarar köradi. Vayronagarçilikning eng katta xavfi metropolning Yevropa qismida, Marmara dengizi qirğoğida. Masalan, Avjilar tumanida mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, qurbonlar soni 465 nafarga, jarohatlanganlar esa 1500 dan ortiqqa yetişi mumkin. Tumanning 104 mingdan ortiq aholisi uylaridan ayriliş xavfi ostida. Zaytunburnu tumanida 668 kişi halok bölişi mumkin, 5330 dan ortiq bino qulaş xavfi ostida. 

Köplab muhim tarixiy binolar (masalan, Ayasofya va Moviy masjid) joylaşgan Fotihda tumani yanada jiddiy oqibatlar kuzatilişi mumkin: binolarning 72 foizi zilziladan omon qolmasligi mumkin, u 1500 dan ortiq insonning hayotiga tahdid soladi. 

Professor Tuysuz aytgan eng yomon stsenariyga köra, Istanbul hududining 40 foizi falokat zonasida böladi va şaharni uradigan tsunami balandligi yetti metrga yetadi. 

Istanbul meriyasining 2021 yilda taqdim etilgan yana bir hisobotida qayd etilişiça, 7,5 magnitudali zilzila oqibatida taxminan 209 000 ta bino töliq yoki qisman vayron bölişi mumkin (şaharda 1,16 mln bor). Bu uç millionga yaqin mahalliy aholining uysiz qolişiga olib keladi. Mutaxassislarning fikriga köra, alohida xavf zonasida köp qavatli binolar 2000 yilgaça qurilgan, bugungi kunda olimlar biladigan seysmik xavfni hisobga olmagan. Istanbulda ön minglab bunday binolar mavjud. Rasmiylar tabiiy ofatdan yetkazilgan iqtisodiy zararni 17 milliard dollarga baholagan. 

Şundan söng şahar hokimligi şahar böyiça yer osti suvlari paydo bölişi xaritasi işlab çiqilgani, mutaxassislar uşbu suvni jabrlanganlar vaqtinçalik yaşaş joylari (bular qutqaruv uskunalari va insonparvarlik yordamini yiğiş punktlari, şuningdek, uysizlar uçun çodirli lagerlar)ga olib keliş ustida iş olib borayotganini taʼkidladi. 

Bu, rasmiylarga köra, vaziyatga qarşi turişga yordam beradigan yagona profilaktika çorasi emas. Masalan, Istanbulda favqulodda vaziyatlarda muntazam ravişda keng kölamli maşqlar ötkazilmoqda: fuqarolarning telefonlariga zilzila haqida ogohlantirişlar yuboriladi, xabar telekanallar va radiostantsiyalar, masjidlar va munitsipalitetlarning ovoz kuçaytirgiçlari orqali uzatiladi. Ötgan yili şaharning seysmik jihatdan eng xavfli hududlaridan biri bölgan Buyukçekmeçe tsunami haqida erta ogohlantiriş tizimini işga tuşirdi, u tölqin kelişi haqida beş-yetti daqiqagaça ogohlantira oladi. Istanbuldagi eski binolarni rekonstruktsiya qiliş va yangi barqaror binolarni loyihalaş ham Jahon banki tomonidan ön yildan köproq vaqt davomida qöllab-quvvatlandi – bu dastur 550 million dollarga tuşdi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda Istanbulda öz-özidan quriliş faol olib borilmoqda. Hokimiyat önlab yillar davomida ehtimoliy ofatga tayyorgarlik köriş böyiça öz rejalarini amalga oşira olmayapti.

Ammo mutasaddilarning xatti-harakatlari yuzasidan mutaxasislar tomonidan haligaça köplab şikoyatlar bor. Seysmolog va Turkiya Geofizika muhandislari palatasi aʼzosi Haluk Eyidöğan “Reuters”ga tuşuntirganidek, meriyaning bayonotlariga qaramay, şaharda kamida sönggi 15 yil davomida, birinçi navbatda, yangi muhojirlarni joylaştiriş uçun tartibga solinmagan rivojlaniş amalga oşirilgan.

Yuqori xavf, xususan, işlab çiqaruvçilar qöşimça qavatlarni qöşgan eski binolarni köplab taʼmirlaş loyihalari bilan yuzaga kelgan. Bu binolarga yukni oşirdi va ular seysmik standartlarga javob bermasligi mumkin. Birgina 2019 yilda eʼlon qilingan “quriliş amnistiyasi” doirasida şahar hokimiyatiga qariyb yetti yarim million noqonuniy bino böyiça arizalar kelib tuşgan. 

Şu bilan birga, Istanbulning 2003 yilda işlab çiqilgan zilzila oqibatlariga qarşi kuraşiş boş rejasi oxirgi marta 2018 yilda yangilangan edi. 2020 yilda şahar zilzila xavfini boşqariş boşqarmasi boşliği Qahramon Tayfun hozirgaça boş reja talablari böyiça birorta bino qayta qurilmaganini tan oldi, lekin kelajakda 790 mingta bino xavf-xatarni baholaşdan ötişini vaʼda qildi. Baʼzi binolar uçun yeçim qöllab-quvvatlovçi tuzilmalarni mustahkamlaş bölişi mumkin, boşqalari uçun – töliq rekonstruktsiya. 

Bosfor universiteti professori Döğan Kalafatga köra, bu aniq keçikkan reaktsiya. Olim rasmiylarni 2020 yilga qadar töplangan maʼlumotlarga asoslanib, butun uy-joy fondini kompleks baholaş tugaguniga qadar eng işonçsiz binolarni rekonstruktsiya qilişni boşlaşga çaqirdi.

Geofizika muhandislari palatasi xodimi Haluk Eyidöğan, Zeytinburnu tumani rasmiylarining bemalolxöjaligini misol qilib keltirdi. U şimoliy Anadolu yoriğining xavfli qismiga yaqin joyda joylaşgan. Hatto 2000-yillar boşidagi boş rejada ham binolarning sifati nihoyatda pastligi, ularni kompleks rekonstruktsiya qiliş zarurligi, hududda jabrlanganlar uçun boşpana tarmoğini yaratiş zarurligi aytilgan edi. Ammo yigirma yil davomida Istanbul meriyasi zilzilaga tayyorgarlik köriş böyiça faol işlarni boşlaşdan boş tortdi, deydi ekspert.

"Reja javonda qoldi, unga heç kim tegmadi", deydi u. 

Qolaversa, uning fikriça, keyingi yillarda tumanda badavlat xaridorlar uçun yangi köp qavatli uylar bunyod etilgan. Va mahalliy kambağallar xavfsiz bölmagan uylarda yaşaşda davom etmoqda. 

Ijtimoiy tengsizlik nimaga olib keladi? Professor Okan Tuysuz “The Guardian” gazetasiga bergan intervyusida şunday izoh berdi: 

Istanbulning Yevropa qismi [zilzilaga kamroq çidamli] yumşoq toş ustiga, şimoliy va Osiyo qismlari qattiq eski toş ustiga qurilgan. Şuning uçun badavlat aholi Bosforda [şimolda] villalar qurişni afzal köradi. 

Xavf şundaki, Istanbulning hamma aholisi ham yaqinlaşib kelayotgan falokat ğoyasiga könikişga tayyor emas. 

“Köpçilik bunday istiqbolni fatalistlar deb ataydi: nima bölişidan qatʼi nazar, taqdir şunday. Odamlar şunçaki haqiqatni eʼtiborsiz qoldiradilar va şu yöl bilan taşvişni bostirişga harakat qilişadi”, deya tuşuntirdi uç yildan beri Izmit zilzilasidan jabrlanganlarga maslahat bergan psixolog Ibrohim Eke “The Guardian” naşriga. 

Şu bilan birga, Istanbulda, uning sözlariga köra, zilzilaga qarşi profilaktika çoralarini körayotgan faol aholi ham bor – ular barça ehtiyot çoralarini köradi va hatto binolardan favqulodda çiqiş yöllarini tösib qöyuvçi maşinalarni qidirib köçalarda patrullik qiladi.


×