«Bu hozir heç kimga qiziq emas» — SSV

«Bu hozir heç kimga qiziq emas» — SSV

Özbekistonda kovid statistikasi eʼlon qilinmayotganiga bir oydan oşdi. Soğliqni saqlaş vazirligi kasallaniş holatlari keskin kamaygani uçun axborot beriş töxtatilganini bildirdi. SES boşliği örinbosari Nurmat Otabekovning sözlariga köra, hozirda kuniga 15−20 ta kasallaniş holati qayd etilmoqda.


Soğliqni saqlaş vazirligining 2022 yil 15 dekabrdagi hisobotiga köra, bir kun avval — 14 dekabr kuni Özbekistonda 134 kişida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Bu vazirlikning Özbekistondagi kovid statistikasiga doir sönggi axboroti böldi. SSV şundan beri — bir oydan ortiq davrdan buyon — mamlakatdagi koronavirusga çaliniş bilan boğliq raqamlarni eʼlon qilmayapti.

Xalqaro press-klubning 18 yanvar kuni bölib ötgan sessiyasida uşbu holat böyiça Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati (SES) boşliği örinbosari Nurmat Otabekov kovidga doir statistik maʼlumotlar SSV, SES va AOKAning tarmoqlardagi sahifalarida berib borilayotganini taʼkidladi.

Muxbirning kovidga doir statistik raqamlar 2022 yil 15 dekabrdan buyon biror bir rasmiy manbada eʼlon qilinmayotganini takroran taʼkidlaganidan söng, SES boşliği örinbosari şunday dedi:

«Hozir Özbekiston şaroitida kuniga 20 ga yaqin bemor röyxatga olinyapti. Zangiotadagi koronavirus kasalxonasida bor-yöği 400 bemor davolanyapti. Karantinga olinganlar soni ham kundan-kunga kamayib boryapti. Vaziyat barqaror bölganligi uçun, bu kabi axborotlar bilan odamlarga ortiqça yuklama bermaslik nuqtayi nazaridan, ehtiyoj sezmayotgandek his qilyapmiz».

Şundan söng Nurmat Otabekov muxbir söragan «axborot taqdim etib borilayotgani»ni yana takrorladi. Ayni vaqtda, u «bunga yana aniqlik kiritib, mabodo qayerdadir uziliş bölgan bölsa, bu jarayonni qaytadan tiklaş yoki eʼtiborli böliş böyiça masʼullarni masʼuliyatga çaqirişi»ni ham maʼlum qildi.


Öz navbatida, Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev kunlik kasallaniş holatlari keskin kamayganligi uçun kovidga doir statistik maʼlumotlarni eʼlon qiliş töxtatilganini bildirdi.

Qayd etiş joiz, 2022 yilning dekabr oyida SSV maʼlumotlari böyiça kuniga örtaça 100−120 ta kasallaniş qayd etilayotgan edi. Kovid bilan boğliq vaziyat dekabrdagidan barqarorroq bölgan 2022 yil bahorida esa kuniga 5, 3 va hatto 1 ta kasallaniş qayd etilganida ham axborot berilişi töxtatilmagan edi.

Bunga javoban SSV matbuot kotibi şunday dedi: «Bu statistika hozir heç kimga qiziq emas. Qolaversa, hozir aksariyat davlatlar ham koronavirus statistikasini eʼlon qilmayapti».

Maʼlumot uçun, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi tarqalişiga doir Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan eʼlon qilib kelingan statistik raqamlarning haqqoniyligiga pandemiya boşidan beri şubha bilan qaraladi. Bu şubhalar mamlakatda «ortiqça ölim» holatlari keskin oşganidan söng qisman tasdiqlangan edi.

×