Prezident “Uzbekistan Airways”dan norozi. Aviakompaniyani isloh qiliş turklarga topşirildi

Prezident “Uzbekistan Airways”dan norozi. Aviakompaniyani isloh qiliş turklarga topşirildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 14 dekabr kuni “Uzbekistan airways” aktsiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilişga oid takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Davlat rahbarining 2021 yil 30 apreldagi qarorida fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qiliş böyiça vazifalar belgilangan edi. Bu borada ilğor xorijiy tajriba örganilmoqda, yetuk konsultantlar jalb etilmoqda.

Xususan, “Uzbekistan airways” aktsiyadorlik jamiyatini isloh qiliş böyiça turkiyalik mutaxassis Ilker Ayji jamoasi bilan iş olib borilmoqda. U “Turk havo yöllari” aviakompaniyasini boşqargan kezda uni mintaqaviy darajadan global miqyosga muvaffaqiyatli olib çiqqan.

Bugun “Uzbekistan airways” oldiga ham şunday vazifa qöyilgan. Mamlakatimizning geografik joylaşuvi va soha infratuzilmasidan oqilona foydalanib, uni xalqaro transport xabiga aylantiriş közda tutilgan.

Taqdimotda davlat rahbariga “Özbekiston havo yöllari”ni transformatsiya qiliş va rivojlantiriş böyiça işlab çiqilgan strategiya haqida axborot berildi. 

Unga muvofiq, aviakompaniyaga xalqaro tajriba asosida korporativ boşqaruv tizimini joriy etiş, havo kemalarini köpaytiriş, xizmatlar sifatini oşiriş va yuk taşiş tarmoğini kengaytiriş çoralari köriladi. Xorijiy investorlarni jalb etgan holda aviakompaniyani jahon standartlari asosida xususiylaştiriş işlari yakuniga yetkaziladi.

Bulardan közlangan asosiy maqsad “Özbekiston havo yöllari”ni yetakçi mintaqaviy aviakompaniyaga aylantiriş, şuningdek, aholining mahalliy va xalqaro yönalişlarda arzon narxlarda harakatlanişini taʼminlaşdan iboratdir.

Prezident bu rejalarni maʼqullab, uning ijrosiga tezroq kirişiş kerakligini taʼkidlagan.

“Bu sohada ön yilga keçikkanmiz. Aviakompaniya eskiça uslubda işlayapti, yölovçilar xizmat sifatidan rozi emas. Agar iqtisodiyotimizni, turizmni rivojlantiramiz desak, yakkayu yagona yölimiz şu”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Aviakompaniyada loyiha ofisi tuzib, tranformatsiya jarayonini muvofiqlaştirib boriş böyiça tavsiyalar berildi.


×