Sönggi paytlarda Özbekiston şifoxonalariga infarkt, insult, tomirlarda tromblar hosil bölişi kabi xavfli xastaliklar bilan murojaat qilayotgan yoki oğir ahvolda olib kelinayotgan fuqarolar orasida yoş, jismonan baquvvat, toğni ursa talqon qiladigan qaddi-qomatga ega bemorlar ham uçrayapti va bu açinarli holat. Soğliqni saqlaş vazirligi bunga qanday omillar sabab bölayotganini maʼlum qildi.
Örganişlar davomida aniqlanişiça, uşbu bemorlar tana muşaklari massasi va quvvatini oşiriş maqsadida bodibilding, kulturizm, fitnes kabi sport turlari bilan şuğullaniş davomida kukun, tabletka va inʼektsiya şaklidagi turli biologik faol, xususan, proteinli qöşimçalardan muntazam foydalanib kelgan.
Hatto ular orasida haftasiga bir-ikki marotaba turli körinişdagi preparatlarni tizimli ravişda qöllaganlar ham uçrab turadi.
Oqibatda qondagi gemoglobin, eritrotsit, trombotsitlar miqdori özgarib, qon quyuqlaşişi yuzaga kelgan. Söngra tomirlarda tromblar hosil bölişi hisobiga yuqoridagi singari xavfli asoratlar paydo bölgan.
Tahlillarga köra, foydalanilayotgan bu singari steroid preparatlar va anabolik komplekslarning aksariyati tegişli davlat röyxatidan ötmagan va tibbiyot xodimlari nazoratisiz qabul qilingan.
Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev mazkur vaziyatga munosabat bildirib, yoşlar sport bilan şuğullanayongani, albatta, quvonarli holat ekanini taʼkidlagan. Ammo uni soğlik uçun ziyon yetkazadigan maşğulotga aylantirib qöymaylik muhimligini ham qöşimça qilgan.
“Afsuski, bugun ayrim yoşlarimiz bilak va muşaklarim yanayam baquvvat, qomatim kelişgan bölsin, deb, mutaxassislar bilan maslahatlaşmay, palapartiş, nazoratsiz turli zararli vositalar, oqsil va gormonlarni qabul qilayotgani juda açinarli. Bu soğlom turmuş tarziga mutlaqo töğri kelmaydi. Şunday ekan, yoşlar, ota-onalar va jamiyat faollari, soğlom turmuş tarğibotçilari, tibbiyot xodimlarini bu borada yanada xuşyor va eʼtiborli bölişga çaqiramiz.
Baquvvat bilak va muşaklar, çiroyli qomat uçun soğlom va öktam yigitlarimizning öz hayotini xavf ostida qoldirişiga heç birimiz befarq bölmasligimiz şart”, deydi Musayev.
Qolaversa, vazir tegişli davlat röyxatidan ötmay realizatsiya qilinayotgan yuqoridagi singari preparatlar savdosi tegişli davlat organlari tomonidan qatʼiy nazorat ostiga olinişi va davolaş standartida közda tutilmagan dori-darmonlarning işlatilişiga çek qöyiş zarur ekanini qayd etdi.









