Kosonsoy tuman xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 29-sonli maktabda 2022 yil 19 sentyabr kuni sodir bölgan noxuş voqeani örganiş yuzasidan maʼlumot berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Kosonsoy tumanidagi 29-sonli maktabda sodir etilgan noxuş xolat 19 sentyabr kuni fizika darsida sodir etilgan.
Fizika fani öqituvçisi dars ötayotganda öquvçi öqituvçining dars ötişiga xalaqit bergan. Şunda öqituvçi öquvçini darsdan çiqarib, maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosariga suxbatlaşiş uçun topşirgan.
Bir munça vaqt ötgandan söng öquvçi sinf xonasiga qaytib kirgan va videoda aks etgani kabi öqituvçiga taşlangan. Sinfdagi boşqa öquvçilar ularni ajratişga xarakat qilgan.
Xolat yuzasidan tuman IIB bölimi va tuman xalq taʼlimi bölimi xodimlari maktabda örganiş olib borgan va tegişli tartibda öquvçining ota-onasiga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Şuningdek, xalq taʼlimi bölimi va maktab rahbarlariga öqituvçi va öquvçilar örtasida özaro hurmat va belgilangan tartib qoidalar asosida döstona munosabat örnatilişini taʼminlaş böyiça tegişli körsatmalar berildi.









