Amerikaning DART zondi (Double Asteroid Redirection Test) Dimorf asteroidi bilan töqnaşib ketdi. Bu haqda NASA xabar bermoqda. Töqnaşuv rejalaştirilgan bölgan. U Yerni potentsial xavfli kosmik obʼektlardan himoya qilişning birinçi turini sinab köriş uçun möljallangan.
Töğridan-töğri translyatsiya AQŞ Milliy aeronavtika va koinot boşqarmasi saytida ötkazildi.
Töqnaşuv AQŞning Şarqiy qirğoği vaqti bilan 19:15 da sodir bölgan.
Zond tezligi soatiga 24 ming km ga yetgan. DARTning özi 2021 yil noyabr oyida Kaliforniyadagi Vandenberg kosmik kuçlari bazasidan uçirilgandi.









