Mamlakatimizda söngi yillarga maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, şuningdek korxonalar, muassasalar, taşkilotlarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan samarali mexanizmni joriy qiliş dolzarb vazifa sifatida belgilangan.
Maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar töğrisida” gi qonuni 2018 yilda qabul qilinib, mazkur qonun bilan maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oşiriş sohasidagi munosabatlar tartibga solinib kelinmoqda. Uşbu qonun maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaşda ahamiyatli sanaladi. Biroq, hozirda uşbu qonunni takomillaştiriş, ayrim normalariga özgartiriş hamda qöşimçalar kiritişni taqozo etmoqda. Şu sababli yangi “Maʼmuriy tartib-taomillar töğrisida” gi qonun loyihasi işlab çiqildi.
Yangi qonun loyihasida qonunning maqsadi maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oşiriş sohasida jismoniy va yuridik şaxslarning lozim tarzda huquqiy himoyalanganligini taʼminlaşdan iborat ekanligi belgilandi. Şuningdek, qonunning qöllaniliş sohasi kengaytirilib, maʼmuriy organlarning maʼmuriy-huquqiy faoliyatiga, şu jumladan litsenziyalaş, ruxsat beriş, röyxatdan ötkaziş, soliq, bojxona, davlat nazorati va tekşiruvi tartib-taomillariga, fuqarolarning pensiya taʼminoti va davlat xizmatlarini körsatiş tartib-taomillariga, davlat xizmatiga qabul qiliş, undan böşatiş va lavozimga kötariliş (lavozimdan tuşiriş) tartib-taomillarga, şaharsozlik rejalaştiriş tartibotlari, yer uçastkalarini ajratiş va olib qöyiş, şuningdek qonunçilik hujjatlariga muvofiq boşqa maʼmuriy-huquqiy faoliyatiga nisbatan tatbiq etilişi belgilandi. Hozirda amaldagi Qonunda maʼmuriy organlarning manfaatdor şaxslarga nisbatan maʼmuriy-huquqiy faoliyatiga, şu jumladan litsenziya, ruxsat beriş, röyxatdan ötkaziş tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini körsatiş bilan boğliq boşqa tartib-taomillarga, şuningdek qonunçilikka muvofiq boşqa maʼmuriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
Yangi qonun loyihasida maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy printsiplari ham kengaytirilib, özboşimçalikni taqiqlaş; huquqning suiisteʼmol qilinişini taqiqlaş; huquqini qöllaş rad etilişiga yöl qöymaslik kabi printsiplar kiritilmoqda.
Loyihada maʼmuriy iş yuritişda idoralararo özaro hamkorlik tartib-taomillari örniga maʼmuriy kömaklaşiş tartib taomillari qöllanilişi nazarda tutilmoqda. Bunda maʼmuriy organlar maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oşirişda öz vakolatlari doirasida bir-biriga maʼmuriy kömaklaşişlari lozim ekanligi, maʼmuriy kömaklaşiş maʼmuriy organning kömaklaşiş töğrisidagi sörovi asosida amalga oşirilişi hamda muddatlari, kömaklaşişni rad etiş asoslari va boşqa tartib taomillari belgilanmoqda.
Loyiha bilan Qonunga yangi bir qator tuşunçalar xususan, tegişli tarzdagi maʼmuriy tartib-taomil, umumiy vakil, dastlabki maʼmuriy hujjat, maʼmuriy hujjatning haqiqiyligi, ommaviy reyestr tuşunçalari kiritilmoqda.
Amaldagi qonunda maʼmuriy iş maʼmuriy organning majlisida körib çiqilişi yuzasidan aniq töxtam mavjud emas edi. Qonun talabiga köra, maʼmuriy iş maʼmuriy organning majlisida körib çiqilişi qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy organning taşabbusi bilan yoki manfaatdor şaxsning iltimosnomasiga köra majlisda körib çiqilişi mumkinligi belgilangan.
Loyihada qanday hollarda maʼmuriy iş maʼmuriy organning majlisida körib çiqilişi belgilangan bölib, jumladan:
maʼmuriy iş yuritiş ommaviy tusga ega bölganda;
maʼmuriy iş yuritiş natijasida yer uçastkasiga bölgan huquqni, şuningdek boşqa köçmas mulkka bölgan mulk huquqini tugatadigan yoki çeklaydigan maʼmuriy hujjat qabul qilinişi mumkin bölganda;
manfaatdor şaxsning huquqiy maqomiga boşqaça tarzda jiddiy aralaşilganda, bundan majlisni ötkazişga şoşilinç çoralar qabul qilinişi zarurati tösqinlik qiladigan yoki maʼmuriy işni obʼektiv sabablarga köra majlisda körib çiqişning imkoni bölmagan hollar mustasno;
maʼmuriy hujjatni manfaatdor şaxsning zarariga bekor qiliş,
maʼmuriy şikoyat körib çiqiladigan hollarda;
qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa hollarda.
Loyihada işonçni himoya qiliş tuşunçasi kengroq yoritilgan bölib, qonuniy kuçga kirgan maʼmuriy hujjat manfaatdor şaxsning zarariga bekor qilinganda maʼmuriy organ manfaatdor şaxsning işonçini himoya qiliş kerakligini aniqlaşi kerakligi, agar manfaatdor şaxs maʼmuriy hujjatning qonuniy kuçiga işonib, maʼmuriy hujjat asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, öz mulkini tasarruf etiş uçun bitim tuzgan, xarajatlarni amalga oşirgan yoki maʼmuriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boşqaça tarzda foydalangan bölsa, uning işonçi himoya qilinişi lozimligi, agar manfaatdor şaxsning işonçi himoya qilinişi lozim bölsa, maʼmuriy hujjat bekor qilinişi mumkin emasligi belgilangan.
Şu bilan birga, işonçni himoya qilinmaydi holatlar va manfaatdor şaxsga maʼmuriy hujjatning qonuniy kuçiga bölgan işonç tufayli yuzaga kelgan yoki muqarrar bölgan haqiqiy zararlarni undiriş tartiblari belgilangan. Xususan, manfaatdor şaxsning işonçi quyidagi hollarda himoya qilinmaydi, agar:
- manfaatdor şaxs maʼmuriy hujjat bilan boğliq bölgan qöşimça majburiyatlarini bajarmagan bölsa;
- manfaatdor şaxs öziga maʼmuriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablağlaridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan bölsa;
- manfaatdor şaxs maʼmuriy hujjatning ğayriqonuniyligini bilgan yoki öz aybiga köra bu haqda bilmagan bölsa; maʼmuriy hujjat aldaş, tahdidlar yoki maʼmuriy organga boşqaça tarzda ğayrihuquqiy taʼsir körsatiş oqibatida qabul qilingan bölsa;
- qonun manfaatdor şaxslar işonçining himoyasini hisobga olmagan holda maʼmuriy hujjatni bekor qilişni talab etsa.
Işonçni himoya qilişdan qatʼiy nazar, noqonuniy maʼmuriy hujjat, agar uning saqlab qolinişi jamoat manfaatlariga tahdid solayotgan yoki boşqa manfaatdor şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini nomutanosib kamsitayotgan bölsa, manfaatdor şaxs zarariga bekor qilinişi mumkin. Qonunda jamoat manfaatlarni, şuningdek jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida maʼmuriy hujjatni işonçni himoya qilişdan qatʼiy nazar manfaatdor şaxsning zarariga bekor qilişning boşqa hollari ham nazarda tutilişi mumkin.
Maʼmuriy hujjat işonçni himoya qilişdan qatʼiy nazar bekor qilinganda manfaatdor şaxsga maʼmuriy hujjatning qonuniy kuçiga bölgan işonç tufayli yuzaga kelgan yoki muqarrar bölgan haqiqiy zarar qoplab beriladi. Haqiqiy zararning örnini qoplaş maʼmuriy hujjatning mazmuniga köra manfaatdor şaxs olişi kerak bölgan naf miqdoridan oşmasligi kerak. Mulkiy zararning örnini qoplaş töğrisidagi talab manfaatdor şaxs maʼmuriy hujjat bekor qilinganligi haqida tegişli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran bir yil içida taqdim etilişi mumkin. Uşbu muddat mulkdorning yoki boşqa egalik qiluvçining öz huquqini buzişlarni bartaraf etiş haqidagi talablariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Köçmas mulkka nisbatan mulk huquqining bekor qilinişiga olib keladigan maʼmuriy hujjat qabul qilingan taqdirda, mulk huquqining bekor qilinişi munosabati bilan manfaatdor şaxsga yetkazilgan zarar uşbu maʼmuriy hujjat qabul qilingunga qadar yoki u ijro etilgunga qadar qoplanadi.
“Maʼmuriy tartib-taomillar töğrisida” gi qonuni loyihasi özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin. Maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda tartib taomillarini belgilab beruvçi mukammal qonun qabul qilinişi mazkur sohada qonun ustuvorligini taʼminlaşda ahamiyatli hisoblanadi.
Namangan viloyat maʼmuriy
sudining raisi Zaripaxon Kurbonova









