"Asal Honey"ning qotiliga hukm öqildi

"Asal Honey"ning qotiliga hukm öqildi

Bugun, 2022 yil 9 avgust kuni, jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida sudlanuvçi K. Ş. (1997 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan) ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Uşbu jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudi raisi T. Obidov raisligida körib çiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga köra, K. Ş. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “i” bandi va 164-moddasi (bosqinçilik) 3-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan asosiy jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 16,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Jinoyat işi böyiça “Ipak Yöli” OAITB Çilonzor filialida saqlanayotgan 10 269 000 söm jabrlanuvçining qonuniy vakiliga qaytarilişi va sudlanuvçidan qonuniy vakil foydasiga 20 849 899 söm qoplanmagan zarar undirilişi belgilandi.

Qonuniy vakilga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undiriş yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat qiliş huquqi tuşuntirildi.

Hukm ustidan apellyatsiya şikoyati va protesti hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 sutka içida, mahkum va fuqaroviy daʼvogar tomonidan esa ularga hukmning köçirma nusxasi topşirilgan kundan eʼtiboran şu muddat içida Toşkent şahar sudiga berilişi mumkin.

×