Ertaga yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?

Ertaga yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berişiça, 19 iyul kuni Toşkentda havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda şamol esadi, keçqurun şamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, ayrim joylarda özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda şamol esadi. Ayrim joylarda şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça, baʼzi tumanlarda çang-böronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda şamol esadi. Ayrim joylarda şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça, baʼzi tumanlarda çang- böronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq böladi.

Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda şamol esadi. Ayrim joylarda şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça, baʼzi tumanlarda çang-böronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda şamol esadi. Baʼzi joylarda şamolning tezligi çang-böronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq böladi

Respublikamizning toğoldi va toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda şamol esadi. Baʼzi joylarda şamolning tezligi çang-böronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq böladi.

Muhim hodisalar

Joriy yilning 18-22 iyul kunlari Özbekistonga Turkmaniston orqali Eron hududidan issiq havo kirib kelişi sababli kunduz kunlari havo harorati:

Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagaça;

Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagaça;

Farğona vodiysida 41-43darajagaça kötariladi.

Respublika böyiça ayrim joylarda şamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgaça, baʼzi tumanlarda çang-böronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgaça kuçayişi mumkin.

18-24 iyul kunlari toğlarda kutilayotgan yuqori harorat hisobiga Qirğiziston hududidan Farğona viloyati toğoldi va toğli hududlari: Söx, Farğona tumanlari va Söx, Şohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

×