14 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Arab Amirliklari Birlaşgan Arab Amirliklari Qurolli kuçlari Oliy boş qömondoni örinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni mamlakat Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
"Sizning sönggi yillarda Özbekiston va Amirliklar örtasidagi köp qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlaşga qöşib kelayotgan beqiyos amaliy hissangizni va körsatayotgan eʼtiboringizni katta mamnuniyat bilan eʼtirof etmoqçiman.
Kelgusida ham birgalikdagi qatʼiy intilişlarimiz va doimiy muloqotlarimiz natijasida davlatlarimiz örtasida jadal rivojlanib borayotgan özaro işonç, yuksak hurmat va bir-birini qöllab-quvvatlaş tamoyillariga asoslangan şerikligimiz izçil kengayib borişiga aminman", deyilgag davlat rahbarining maktubida.
Eslatib ötamiz, BAA Prezidenti Şayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon keça, 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan söng 73 yoşida vafot etdi.
Uning örniga bugun, 14 may kuni Abu-Dabi valiahd şahzodasi Şayx Muhammad bin Zoid al-Nahayonni mamlakatning yangi Prezidenti etib saylandi.









