Tez tibbiy xizmatning 3 ta “xöjayini” bor – Prezident

Tez tibbiy xizmatning 3 ta “xöjayini” bor – Prezident

Tez tibbiy yordam brigadasi keçikib kelişi böyiça 2021 yilning özida viloyatlardan 50 mingdan ziyod şikoyat kelib tuşgan. Sababi, sohada yagona boşqaruv tizimi yölga qöyilmagan, yaʼni tez tibbiy xizmatning 3 ta “xöjayini” bor. Bu haqda bugun, 5 may kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şoşilinç va tez tibbiy yordam sifatini yaxşilaş hamda uni aholiga yanada yaqinlaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan bölib ötgan videoselektor yiğilişida söz yuritdi.

Yiğilişda viloyat şoşilinç markazlarida 40 dan ziyod yuqori texnologik operatsiyalar yölga qöyilgani qayd etilib, davlat rahbari tibbiyot sohasi vakillar bilan oçiq muloqotda tez yordam xizmatini takomillaştiriş böyiça köplab masalalar kötarilganini körsatib ötdi.

“Misol uçun, tez tibbiy yordam brigadasi keçikib kelişi böyiça 2021 yilning özida viloyatlardan 50 mingdan ziyod şikoyat kelib tuşgan. Sababi, sohada yagona boşqaruv tizimi yölga qöyilmagan, yaʼni tez tibbiy xizmatning 3 ta “xöjayini” bor.

Jumladan, tibbiyot xodimini “rayzdrav” tayinlaydi, dispetçerlarni işga qabul qiliş va dori-darmon taʼminoti viloyat şoşilinç yordam markazida, transport parki, yoqilği taʼminoti va haydovçilar esa “oblzdrav”ga böysunadi”, deydi Prezident.

Bunday boşqaruv tizimida çalkaşliklar köpligi, buning oqibatida tez tibbiy yordam xizmati körsatiş tuman hududi bilan çeklanib qolgani, tez yordam stantsiyasi qöşni tuman bilan çegaradoş bölsa ham, boşqa hudud degan vaj bilan çaqiruvni qabul qilmasligi tanqid qilindi.

×