Samsung şu hafta, 17 mart kuni özining eng sönggi Galaxy A seriyali telefonlarini taqdim etişni rejalaştirmoqda. Ilgari Samsung şu kuni yangi buyumlarni taqdim etişi haqida miş-mişlar tarqalgan edi, endi bu rasmiy maʼlumot.
Galaxy A seriyasi Samsung Electronics kompaniyasining eng maşhur smartfonlar toifasidan biridir. Bu yil Samsung A seriyasi uçun yanada taʼsirçan Galaxy innovatsiyalarini taklif qilmoqda. Galaxy A seriyasining ajoyib yangi qurilmalari odamlarga smartfondan xohlagan barça imkoniyatlarni taqdim etişga möljallangan.
Tadbir Toşkent vaqti bilan soat 15:00da boşlanadi, YouTube va Samsung.com saytlarida jonli efirda namoyiş etiladi. Asosiy yulduzlar Galaxy A7 va Galaxy A53 bölişi kerak, ikkinçisi esa dunyoning turli mintaqalarida sotuvga qöyilgan.









