Joriy yilning 21 fevral kuni Farğona viloyatining Rişton tumani “Zohidon” MFY Qörğonça köçasida istiqomat qiluvçi N.G. ismli ayol va uning ikki nafar qizi yaşaş xonadonidan çiqib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyat boşqarmasi xabar berdi.
Şu kuni kiçik qizi X.Ş.ning jonsiz tanasi Bağdod tumani "Irğoli" MFY hududidan oqib ötgan Katta Farğona kanalidan topilgan.

22 fevral kunidan buyon Farğona viloyati FVB Maxsus vazifalarni bajaruvçi mintaqaviy qutqaruv otryadi ğavvos-qutqaruvçilari tomonidan Rişton tumanidan oqib ötuvçi katta Farğona kanalida Özbekiston tumanining “Nursöx” qişloğigaça bölgan masofada suvda ona va bolani qidiriş işlari olib borilmoqda.










