Xalqaro Migratsiya Taşkiloti (XMT) bir qator mamlakatlarning Ukraina diasporasiga vizalar muddatini uzaytiriş orqali yordam beriş qarorini olqişlaydi va davlatlarni Ukrainani tark etişga intilayotganlarning barçasini heç qanday kamsitişlarsiz himoya qiliş va öz hududlariga kirişini taʼminlaşga çaqiradi. Bu haqda BMT Matbuot xizmati xabar bermoqda.
XMT hisob-kitoblariga köra, harbiy harakatlar boşlanganidan keyingi dastlabki beş kun içida Ukrainani kamida 600 ming kişi tark etgan.
Taʼkidlanişiça, XMT uçun birinçi raqamli ustuvor vazifa Ukrainadan çiqib ketayotganlarning, şu jumladan uçinçi davlat fuqarolarining xavfsizligi va himoyasi bölib qoladi.
XMT hisob-kitoblariga köra, Ukrainada 470 mingdan ortiq uçinçi davlat fuqarolari, jumladan, köp sonli çet ellik talabalar va mehnat muhojirlari yaşaydi.
Afrika, Yaqin Şarq va Osiyodagi bir qança davlatlar öz fuqarolarini qaytarişda yordam sörab XMTga murojaat qilgan. Hozirda XMT ellik nafar tunisliklarga Ruminiyaga köçib ötişga yordam bermoqda, şunda ular çarter reysda uylariga qaytişlari mumkin.
BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi matbuot kotibi Liz Trossell XMTning Ukrainadan kelgan qoçqinlarni qabul qilayotgan mamlakatlarga ularning irqi va etnik kelib çiqişiga qarab kamsitmasdan, öz hududlariga kirişiga ruxsat beriş haqidagi çaqiriğini qöllab-quvvatladi. Bu haqda u BMTda bugun, 2 mart kuni bölib ötgan brifingda gapirgan.
"Bunday tez surʼatlar bilan avj oliş ortidan biz bu asrda Yevropadagi eng katta gumanitar inqirozga duç kelişimiz mumkin", deydi BMTning qoçqinlar böyiça Oliy komissari matbuot kotibi Şabia Mantu.
Uning qayd etişiça, BMT Qoçqinlar böyiça oliy komissarligi uşbu inqirozga tezda javob beriş uçun barça resurslarni safarbar qilmoqda.









