Qöşni Tojikiston Respublikasining Xöjand şahridan viloyatimizning Qöqon şahriga avtobus qatnovi yölga qöyildi.
Xöjanddan yölga çiqqan yölovçilar Andarxon çegara maskanida kutib olinib Qöqon şahriga kuzatib qöyildi. Beşariq tumani hokimi Rasuljon Jörayev bojxona maskanida Tojikistondan kelayotgan yölovçilarni kutib olib ularga oq yöl tiladi.
Yangi xalqaro yönalişda iş boşlagan avtobus qatnovi ertalab soat 8:00 da Xöjand şahridan Qöqonga yöl oladi.
Avtobus qatnovi keç soat 20:00 da Xöjand şahriga oxirgi yönalişni bajaradi. Yöl haqi Xöjanddan Qöqongaça 100 ming sömni taşkil etadi. Yölovçilarning talab va istaklariga köra avtobus qatnovi köpaytirilişi mumkin.












