Buxoroda 16 yoşli qiz özini yettinçi qavatdan taşlaşga urindi

Buxoroda 16 yoşli qiz özini yettinçi qavatdan taşlaşga urindi

Buxoro viloyatining Buxoro şahrida özini yetti qavatli uy tomidan pastga taşlaşga uringan 16 yoşli qiz qutqarildi. 

Qayd etilişiça, köp qavatli uyning yettinçi qavatidan özini taşlab, joniga qasd qilişga uringan qiz IIB profilaktika inspektori tomonidan uşlab qolingan.

«Bugun, 22 fevral kuni soat 11:29 da menga qönğiroq qilişib, bir qiz özini «dom»ning yettinçi qavatidan pastga taşlaşga urinayotganini aytişdi. Aytilgan manzil xizmat xonamdan, çamasi, 700 metrça uzoqlikda joylaşgandi. Tezda xizmat maşinamga ötirib, uç daqiqada manzilga yetib bordik. Tomga çiqqanimizda qiz devor ustiga çiqib, yomğir suvlari oqib tuşişiga möljallangan metall qoplamalar ustiga çiqa boşladi. Uni gap bilan çalğitdik va uşlab qoldik», — deydi hudud profilaktika inspektori Jahongir Haydarov.

Profilaktika inspektori bilan tom ustida suhbat qilgan öquvçi qiz öz joniga qasd qilişiga oilaviy kelişmovçilik sabab bölganini bildirgan. Keyinçalik qizning Buxoro şahridagi 8-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olişi, şahardagi ziyoli oila farzandi ekani, joniga qasd qiliş uçun arzirli sabab yöqligi maʼlum bölgan.

×