Çang tözon, yomğir va qorli ob-havo kutilyapti – Özgidromet

Çang tözon, yomğir va qorli ob-havo kutilyapti – Özgidromet

Joriy yilning 11-12 fevral kunlari Özbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, söngra şimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

11-12 fevralda Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toşkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, ayrim joylarda çang tözon kuzatiladi.

11 fevral Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va 12 fevral respublikaning qolgan hududlarida, toğoldi va toğli hududlarning baʼzi joylarda yoğingarçilik (yomğir, baʼzi joylarda qorga aylanişi mumkin), kuçli bölişi mumkin.

×