Özbekistonning faxriy jurnalisti qariyalar uyida vafot etdi

Özbekistonning faxriy jurnalisti qariyalar uyida vafot etdi

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Rustam Obidov 72 yoşida qariyalar uyida vafot etdi. U 9 yildan beri Respublika uruş va mehnat faxriylari pansionatida yaşayotgandi.

Rustam Obidov 1950 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1973 yilda “Fan va turmuş” jurnalida iş boşlagan. “Fan va turmuş” Rustam Obidovni ilmiy jurnalist, mistika va sir-sinoat, parapsixologiya ilmining tadqiqotçisi sifatida butun Özbekistonga tanitdi.

Serqirra jurnalist Rustam Obid 2000 yilda “Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist” unvoniga sazovor bölgan.

Rustam Obidov oilasi bilan kelişolmay ajraşganidan söng 20 yil köçada, ijara uylarda yaşaşiga töğri kelgan. Söng Qora Qamişdagi şu pansionatga joylaşgan.

×