2021 yil dunyoda milliarder soni yana 400 taga köpaydi. Ularning 160 nafari Xitoyga töğri kelmoqda. Bu haqda maşhur “Forbes” naşri maʼlum qildi.
Joriy yilning 17 dekabr holatiga köra, dunyodagi milliarderlar soni 2600 dan ortiq bölib, ularning umumiy boyligi qariyb 14 trln dollarni taşkil qiladi.
“Forbes”ga köra, ayollar orasida eng boy yangi milliarder bir neçta kazino egasi bölgan amerikalik Şeldon Adelsonning bevasi Miriam Adelson bölgan. U marhum turmuş örtoği kapitalining asosiy qismini taşkil qilgan Las Vegas Sands kompaniyasidagi uluşini meros qilib olgan. Mutaxassislar uşbu uluşni 27,1 mlrd dollarga baholaşmoqda.
Şuningdek, amerikalik qöşiqçi Rianna Fenty Beauty kosmetika brendidagi 50 foiz uluşi tufayli 1,7 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy ayol musiqaçiga aylandi.
Naşrning qayd etişiça, milliarderlar klubiga kirgan yangi aʼzolarning köpçiligi Xitoyda faoliyat yuritadi. Mazkur mamlakatda bir yil içida 160 nafar yangi milliarder paydo bölgan. Bu borada Xitoy ortidan deyarli 100 nafar yangi milliarder bilan AQŞ kelmoqda. Hindiston va Germaniyada milliarderlar soni 20 nafarga, Şvetsiyada 12 nafarga köpaygan. Törtta davlatda birinçi milliarderlar aynan 2021 yilda paydo bölgan.
Xususan, Bolgariyada milliarder aka-uka Kirill va Georgi Domuşiyevlar veterinariya mahsulotlari, yuk taşuvlari, köçmas mulk biznesi va futbol orqali 4,2 mlrd dollarga baholangan imperiyalarini qurişgan.
Estoniyada 2021 yilda Wise tölov servisi asosçilari Kristo Kyayermann va Taavet Xinrikus ham ilk milliarderlarga aylangan.
Urugvayda dLocal xalqaro tölov startapi birinçi marta birjaga çiqqandan keyin birdaniga 3 nafar milliarder paydo bölgan. Yil oxirigaça ulardan biri milliarderlik maqomini yuqotdi, ammo ikki hamkasbi saqlab qoldi: Andres Bzurovski va Serxio Vogel. Ularning boyligi taxminan 2 milliard dollarga baholanmoqda.
2021 yildagi yangi milliarderlarning yarmidan köpi öz kapitalini uç soha – işlab çiqariş, texnologiyalar hamda moliya va investitsiya orqali köpaytira olgan. Xitoylik milliarderlarning ham asosiy daromadi sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişdan bölgan.
Milliarderlar röyxatiga yangi qöşilganlar orasida “Uzuklar hukmdori” filmi direktori Piter Jekson ham bor. U Yangi Zelandiyadagi Weta Digital maxsus effektlar ustaxonasini noyabr oyida Unity Software video öyin kompaniyasiga 1,6 milliard dollarga sotgan. Natijada Jekson 1,5 milliard dollar sarmoyaga ega milliarderga aylandi.









