2022 yilda qişloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan boğlaydigan jami 310 ta yangi avtobus yönalişi oçiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan matbuot anjumanida Transport vazirligi rahbariyati va mutasaddilari maʼlum qilişdi.
Qayd etilişiça, hududlarda aholiga jamoat transportida xizmat körsatiş sohasini yanada yaxşiliş maqsadida 2021 yil 8 oktyabrda “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 630-son Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qişloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan boğlaydigan jami 310 ta yangi avtobus yönalişlari (şundan şahar – 60 ta, şahar atrofi – 193 ta, şaharlararo (viloyat içida) – 57 ta) taşkil etiladi.
Taşuvçilarga norentabel yönalişlar böyiça tegişli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.









