Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş reytingiga köra qator tuman hokimlariga intizomiy jazo qöllaş va rağbatlantiriş töğrisida qaror qabul qildi.
“Yaxşi” baholangan Mirobod tumani hokimi Şuhrat Pölatov, Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyayev va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inoğomov, ularning örinbosarlari hamda sektor rahbarlari mahalliy byudjetlarning qöşimça manba mablağlari hisobidan maoşiga 30 foiz ustama olişdi.
Şuningdek, “qoniqarsiz” baholangan Şayxontohur tumani hokimi Abduqahhor Töxtayev, Uçtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev va Sergeli tumani hokimi Elbek Şukurov, ularning örinbosarlari hamda sektor rahbarlariga nisbatan oylik iş haqidan 30 foiz jarima jazosi qöllanilgan.
Jahongir Ortiqxöjayev sentyabr oyida Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şavkatbek Irgaşevga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovga va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inoğomovga nisbatan birinçi yarim yillikda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmlari kamaytirgani uçun hayfsan bergan edi.









