Jinoyat işlari böyiça Yangiyer şahar sudida içki işlar organlarida işlab turib, fuqaroni qiynoqqa solgan, unga asossiz ayblov qöygan va boşqa qator jinoyatlarni sodir etişda ayblangan şaxslarga nisbatan oçilgan iş körib çiqiş yakunlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Abidov maʼlum qildi.
Sud majlisida sudlanuvçilar A.Q. (1989 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, Guliston şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi 2-sonli mahalla içki işlar bölimi jinoyat qidiruv guruhi katta tezkor vakili lavozimida işlagan), E.M. (1994 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, Guliston şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi 2-sonli mahalla içki işlar bölimi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan), N.A. (1998 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, Guliston şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi 2-sonli mahalla içki işlar bölimi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan) va B.Ş. (1998 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, Guliston şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi 1-sonli mahalla içki işlar bölimi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan) ga nisbatan oçilgan jinoyat işi böyiça sud hukmi eʼlon qilindi.
Uşbu jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Yangiyer şahar sudi raisi J. Haydarov raisligida körib çiqildi.
Sud hukmida keltirilişiça, 2019 yildan beri Guliston şahar böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi 2-son içki işlar bölimi jinoyat qidiruv guruhi katta tezkor vakili lavozimida işlab kelayotgan A.Q. özining jinoiy şeriklari – Guliston şahar IIO FMB 2-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakillari N.A., E.M., Guliston şahar IIO FMB 1-sonli mahalla içki işlar bölimi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili B.Ş. hamda boşqalar bilan birga özlari işlab kelayotgan hududda mansabidan foydalangan holda qarindoşi D.M.dan (ayol) sotib olgan telefoni pulini bermayotganini bahona qilib, 2020 yil 4 avgust kuni soat 22:30 larda fuqaro A.B.ni Gulistonning Sayqal mahallasida joylaşgan “Yagona” savdo dökonida uşlab, urib döpposlaşgan. Söng uni yotqizib qöllariga kişan taqib, jinoiy şerigi B.Ş.ning boşqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomaşinada asossiz ravişda Guliston şahar IIO FMB 2-sonli IIBning maʼmuriy binosiga olib borib, u yerda A.B.ni qöliga kişan taqqan holda noqonuniy uşlab turgan va urib-tepişni davom ettirişib, qöl bilan böğib, bino hovlisida joylaşgan hojatxonaga olib kirib, boşini “unitaz”ga tiqib, maxsus rezina tayoq (dubinka) bilan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim ötkazgan vaqtida bundan xabar topgan Sirdaryo viloyat IIB öz xavfsizligi xodimining aralaşuvi B.A. bilan binodan çiqarib yuborilgan.
Şundan söng, A.Q., E.M., N.A. va B.Ş. özlari sodir etgan jinoyatni kelgusida foş etilişini oldini oliş va jinoiy jazodan qutulib qoliş maqsadida, 2020 yil 5 avgust kuni 4 avgust sanasi bilan “Içki işlar organi xodimining qonuniy talabini bajarmagan va qoçişga uringan şaxsni uşlaş hamda uşbu şaxsga maxsus vosita qöllanilganligi töğrisida” bayonnoma rasmiylaştirib, uşbu bayonnomani aslida A.B. uşlangan vaqtda iştirok etmagan va holatdan xabardor bölmagan xolislarga imzolatib, 4 avgust sanasi bilan Guliston şahar IIO FMB 2-sonli IIB boşliği B.Ya. nomiga yozilgan bildirgi bilan taqdim etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 1177-sonli xulosasida, fuqaro A.B.ning peşona, öng yelka, çap tirsak, bel, ikkala tizza böğimi sohalarida şilinmalar yuqori lab sohasida qonquyilişi kabi jarohatlari mavjudligi, bu jarohatlar ötmas qattiq jismlar taʼsirida, qarorda va tekşiriluvçi şaxs özi körsatma bergan holatda, yaʼni qöl bilan uriş, yiqitiş, özaro tortişuv vaqtida qattiq yer qoplamasida tananing sirpanişi natijasida yetkazilgan bölişi mumkinligi, tan jarohatlarining oğirlik darajasi böyiça soğliğini qisqa muddatga buzilişiga sabab bölmagan yengil şikast yetkazilgani körsatilgan.
Bundan taşqari, A.Q. özining jinoiy şeriklari E.M. va boşqa şaxslar bilan birga fuqaro O.H.ning tinçini buzganini bahona qilib, 2020 yil 19 sentyabr kuni soat 21:30 larda fuqaro Ş.A.ni telefon orqali Guliston tumani, “Yulduz” mavzesida joylaşgan O.H.ning uyi oldiga çaqirib, şu joyga özining şarʼiy nikohida bölgan D.B. bilan yetib kelgan Ş.A.ni urib döpposlab, yerga yotqizib qöllariga kişan taqib, asossiz ravişda özlarining boşqaruvida bölgan tergovda aniqlaşning imkoni bölmagan A.F.ning boşqaruvidagi avtomaşinada Guliston şahar IIO FMB 2-sonli IIBning maʼmuriy binosiga olib borganlar.
Şundan söng, A.Q., E.M. va boşqalar Ş.A.ni 2-sonli IIB maʼmuriy binosining 2-qavatidagi tezkor vakillar uçun ajratilgan xizmat xonasiga olib çiqib, u yerda fuqaroning qöllari kişanlangan holida qöl va oyoqlari bilan urib, döpposlaganlar.
Şu vaqtda u yerga yetib kelgan boşqa şaxs A.Q. va boşqalarning jinoiy harakatlarini töxtatmasdan, aksinça, ularga qöşilib, Ş.A.ning badanini turli sohalariga qöl va oyoqlari bilan urib, tepib, maxsus rezina tayoq (dubinka) bilan boşiga bir neça marotaba urib, tan jarohatlari yetkazganlar.
Şundan söng, A.Q., E.M. va boşqalar özlari sodir etgan jinoyatlari foş etilişini oldini oliş va jinoiy jazodan qutulib qoliş maqsadida Ş.A.ni 2020 yil 20 sentyabr kuni tungi soat 02:00 larda 2-sonli IIB binosidan olib çiqib, PPX xizmat avtomaşinasida Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialiga olib borib, u yerda göyoki guvohlantiriş ötkazib, şifokor F.H.dan Ş.A.ning tanasida ötkir travmatik jarohatlar aniqlanmagani haqida maʼlumotnoma yozdirib olgan va uni Guliston IIO FMB 2-sonli IB qaytib olib kelib, şundan söng uni uşlaganliklarini qonuniylaştiriş uçun fuqaro O.H.dan Ş.A.ning harakatlari ustidan şikoyat yozdirib olib, Ş.A.ni şu kuni soat 04:00 larga qadar noqonuniy uşlab turib, tan jarohati olgani haqida boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilgan taqdirida, uni qamatib yuborişlari bilan qörqitib, Guliston şahar IIO FMB 2-sonli IIB binosidan çiqarib yuborganlar.
Sud tibbiy ekspertizasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 1507-sonli xulosasida, fuqaro Ş.A.ning boş çap tepa sohasi, öng köz yuqori sohasi qontalaş, burun yumşoq töqimasi lat yeyişi, yuqori va past lab öng tomoni içki qavati qontalaş, böyin öng yon yuqori yuzasi şilinmasi, çap quloq suprasi orti qontalaş, çap jağ, çap tomonlama kökrak qafasi yumşoq töqimasi lat yeyişi kabi jarohatlari mavjudligi, bu jarohatlar ötmas qattiq jismlar taʼsirida, qarorda va tekşiriluvçi şaxs özi körsatma bergan holatda, yaʼni qöl bilan uriş, oyoq bilan tepiş natijasida yetkazilgan bölişi mumkinligi, tan jarohatlarining oğirlik darajasi böyiça soğliğini qisqa muddatga buzilişiga sabab bölmagan yengil şikast yetkazilgani, ularning yetkazilişi 2020 yil 19 sentyabrga töğri kelişi mumkinligi hamda xususiyatiga köra öz böyi basti bilan yerga yiqilib olişiga töğri kelmasligi körsatilgan.
Bundan taşqari, A.Q. özining ğayriqonuniy harakatlarini davom ettirib, takroran jinoiy şeriklari E.M., N.A., B.Ş. hamda boşqalar bilan birga özlari işlab kelayotgan hududda mansabidan foydalanib, jiyani S.Q.ga tan jarohati yetkazganini bahona qilib, joriy yilning 17 yanvar kuni soat 21:06 da L.D.ningni Guliston şahrida joylaşgan “Farovon” nomli kafedan olib çiqib, jinoiy şerigi B.Ş.ning boşqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomaşinada asossiz ravişda dastlab Guliston IIO FMB 2-sonli IIBning maʼmuriy binosiga olib borib, binoning orqa hovlisida A.Q. va N.A. L.D.ning badanini turli sohalariga qöl va oyoqlari bilan urib-tepib, böynidan böğib, qöliga kişan taqib, bino hovlisida joylaşgan hojatxonaga olib kirib, boşini “unitaz”ga tiqib, söng hojatxonadan olib çiqib, ikki qölini şu joyda ustun sifatida örnatilgan temir quvurdan ötkazgan holda kişanlab, haqoratlab, qöl va oyoqlari bilan urib-tepib, unga köplab tan jarohatlari yetkazgan.
Şundan söng, A.Q. şeriklari N.A. va E.M. bilan birga L.D.ni özining xizmat xonasiga olib kirib, uni haqoratlab, qöl va oyoqlari bilan urib-tepişni davom ettirayotgan vaqtlarida uşbu holatdan xabar topgan Guliston şahar IIO FMB 2-son IIB boşliği B.Ya. ularning noqonuniy harakatlarini töxtatişini talab qilib, L.D.ni qöllaridagi kişanni yeçtirib, soat çamasi 22:00 dan oşganda 2-son IIB binosidan taşqariga çiqarib yuborgan.
Şundan söng, A.Q., N.A., E.M. 2-son IIBdan çiqib ketayotgan L.D.ni bino taşqarisida qölini yana kişanlab, uni majburan jinoiy şeriklari B.Ş.ning boşqaruvidagi avtomaşinaga çiqarib, çamasi soat 22:30 da Mirzaobod tumani, Dexqonobod mahallasida joylaşgan “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga qaraşli “Lazzat” nimstantsiyasining orqa tomoniga olib borib, avtomaşinadan tuşirib, egnida bölgan şimi va içki kiyimini yeçgan holda yerga yotqizib, orqa çiqaruv teşigiga rezina tayoq (dubinka) tiqişi bilan qörqitib, keyinçalik özlarining ğaraz maqsadlarida foydalanişlari uçun uşbu holatni videotasvirga olganlar.
Sud tibbiy ekspertizasining joriy yil 22 yanavardagi 98-sonli xulosasida, fuqaro L.D.ning boş, çap quloq tepa çakka sohasi, ikkala yelka old va yon sohalari, çap bilak sohasi, kökrak qafasi orqa çap tomoni, ikkala oyoq tizza böğimi old yuzasi qontalaşlar, peşona old sohasi, çap qoş usti sohasi, böyin old çap sohasi, öng qöl tirsak sohasi, ikkala qöl bilak sohasi qontalaş şilinmali jarohatlari, ötmas qattiq jismlar taʼsirida, yaʼni qöliga metalldan işlangan kişan solişdan, qöl bilan uriş va oyoq bilan tepiş natijasida yetkazilganligi qayd etilib, oğirlik darajasiga köra soğliqni qisqa muddatga buzilişiga sabab bölmagan hayot uçun xavfli bölmagan yengil şikast yetkazilganligi körsatilgan.
Sud mazkur işni körib çiqib, quyidagiça hukm çiqargan:
A.Q. Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi, 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) 2-qismi “a”, “v”, “g”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) ga asosan ötaş uçun 3 yil muddatga muayyan huquqdan, yaʼni mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalari yuklatilgan lavozimlarda hamda içki işlar tizimida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
E.M. Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi, 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan ötaş uçun 3 yil muddatga muayyan huquqdan, yaʼni mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalari yuklatilgan lavozimlarda hamda içki işlar tizimida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
N.A. Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi, 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g”, j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan ötaş uçun 2 yil muddatga muayyan huquqdan, yaʼni mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalari yuklatilgan lavozimlarda hamda içki işlar tizimida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
B.Ş. Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi, 234-moddasi 1-qismi va 235-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “g”, j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan ötaş uçun 1 yil 6 oy muddatga muayyan huquqdan, yaʼni mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalari yuklatilgan lavozimlarda hamda içki işlar tizimida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Uşbu jinoyat işi böyiça jabrlanuvçilar hamda jabrlanuvçining qonuniy vakiliga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undiriş yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat qiliş huquqlari tuşuntirilgan.









