Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov öziga sovğa qilingan muzlatgiçni maktabga sovğa qildi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum bölişiça, viloyatda bölib ötgan “Qişloq xöjaligi xodimlari kuni” bayram tadbirida Şahrisabz tumani qişloq xöjaligida erişgan natijalar böyiça birinçi örinni olgani uçun Qaşqadaryo viloyati hokimining faxriy yorliği va zamonaviy muzlatkiç bilan taqdirlangan.
Şundan söng, Samad Hasanov uşbu muzlatkiçni tumandagi 6-ixtisoslaşgan davlat umumtaʼlim maktab internatiga topşirdi.
Maʼlumot uçun, mazkur taʼlim muassasasida 322 nafar öquvçi taʼlim oladi. Ularning 205 nafari yotoqxonada istiqomat qiladi. Öquvçilarga şu yerdan nonuşta, tuşlik va keçki ovqat beriladi. 6-IDUMIning 82 foiz bitiruvçilari oliy öquv yurtiga öqişga kirdi. Bu natija bilan muassasa viloyatda uçinçi, tumanda birinçi örinni egallab turibdi.









