Maqolada uranni yutib yuboruvçi mikroorganizmlar, sayyora yadrosidagi oltin zaxirasi va qurbaqa yomğirlari töğrisida söz boradi.
1. Radioaktiv uran va neft bilan nafas oluvçi bakteriyalar mavjud.
Odatda “radiatsiya” sözini eşitganda köpçilik közga körinmas, unga tegib ketgan barça narsani öldiradigan kuçni tasavvur qiladi. Aslida şunday organizmlar borki, ular ionlaştiruvçi nurlanişni öz foydasi yölida qöllaydi.

Masalan, AQŞning Kolorado ştati Rifle şaharçasidagi eski konda radioaktiv uranni qandaydir yöl bilan özlaştiradigan Geobacter betaproteobakteriya ştammi aniqlandi. U uranni özining metabolik reaktsiyalarida odamlar kisloroddan foydalangan tarzda qöllaydi. Yaʼni u tom maʼnoda uran bilan nafas oladi. Nazariy jihatdan bakteriyalar moddani inert va zararsiz qilib, şu tarzda radioaktiv çiqindilarni tozalaydi. Şu tariqa katta foyda keltirişi mumkin. Bundan taşqari, Geobacter’ning boşqa turlari ham bor. Ular neft birikmalari va temir oksidlari, yaʼni zangni yeydi.
Umuman olganda, agar insoniyat özining öylamay qilgan harakatlari bilan Yer ekotizimiga zarar keltiradi va barça tirik jonzotlar qirilib ketadi deb öylasangiz, bilingki, xavotirlanişga örin yöq.
Hatto sayyora butunlay radioaktiv yomğir va neft mahsulotlari bilan qoplansa ham, Yerdagi hayot Geobacter körinişida saqlanib qoladi. Ular esa köp hujayrali organizmlarga aylanib, oyoqqa turadi va ğildirak ixtiro qiladi.
2. Baʼzida Yerga qurbaqa va baliq yomğiri yoğadi

Köpinça osmondan Yerga turli narsalar tuşadi. Odatda bu suv böladi. Şunday vaqtlar ham böladiki, odamlar boşiga ğaroyib obʼektlar yoğiladi. Gap faqat meteoritlar haqida emas. Masalan, 2005 yilda Serbiyada bulutlar mayda qurbaqalar yomğirini olib keldi. Şunga öxşaş holat 2007 yilda Ispaniyaning Alikante provintsiyasida yuz berdi. Meteorologik kuzatuvlar tarixida baliq, krevetka va qarğa yomğiri ham kuzatilgan.
Biroq şu turdagi dahşatli kataklizm 2007 yilda Argentinaning Salta provintsiyasida yuz berdi. U yerda örgimçak yomğiri yoğgandi.
Kimdir bunday voqeaga guvoh bölgaç, uni duoyi bad deb hisoblaydi. Aslida bunday hodisalarni ilmiy nuqtayi nazaridan tuşuntiriş mumkin. Vaqti-vaqti bilan kuçli tornadolar havoga turli narsalarni olib çiqib, bir neça ön kilometrga olib ketadi, keyin esa öşa narsalar yerga tuşadi. Odatda bu yonğoq, uruğ, toş yoki tuzga öxşaş jonsiz narsalar böladi. Biroq ayrim vaqtlarda şamol turli mayda jonivorlar, quşlar va haşarotlarni ham havoga olib çiqadi.
Baxtsiz jonzotlar havo harorati past bölgan atmosfera qatlamlarigaça juda balandga kötarilganida yerga muzlagan holda tuşişi holatlari ham böladi. Biroq köpinça quşlar va suv jonzotlari omon qoladi, huşiga kelib, yangi manzillarni özlaştiradi.
3. Stromboli vulqoni 13 ming yil davomida uzluksiz otiladi

Vulqon otilişi odatda halokatli, kamdan kam uçraydigan va qisqa muddatli hodisa sifatida qabul qilinadi. Toğ heç kimga xalaqit qilmagan holda turadi, keyin esa portlaydi va butun bir boşli Pompeylarni Yer yuzidan yöq qiladi. Biroq şunday vulqonlar ham böladiki, ular uçun doimiy ravişda, töxtamasdan otiliş odatiy hol.
Masalan, Sitsiliyadan şimolda Stromboli orolida joylaşgan vulqon mana 13 ming yildirki, uzluksiz ravişda lava, kul va gaz çiqaradi. 15-20 daqiqalik tanaffus bilan portlaydi va balandligi bir neça yuz metr bölgan lava va kul çiqaradi. Uning qip-qizil nuri qoronğilikda uzoq kilometrdan ham körinib turgani uçun “Örtayer dengizi mayoği” deb ataladi.
Aqlsizlik bölib tuyulişi mumkin, biroq vulqon etagidagi orolda odamlar yaşaydi. Haqiqiy halokatli otiliş bu yerda kam kuzatiladi. Sönggi ana şunday vulqon otilişi 1930 yilda bölgan va köçkilar, toşlar qulaşi, bir neça uylar buzilişi va kamida olti nafar kişining ölimiga sabab bölgan. 2002 yilda ham yana şunday holat bölgani sababli aholini evakuatsiya qilişga töğri kelgan. Şunga qaramay, orol aholisi öz uylariga yana qaytib kelgan.
4. Sayyoramiz oltin zaxirasining 99 foizi uning yadrosida yaşiringan

Oltin noyob metall bölgani uçun qimmat. Oltin konlarini topiş uçun geologlar köp vaqt va kuç sarflaydi. Biroq ular konlarni haqiqatan ham çuqurroq kovlay olişganida va erigan jinslarni ajratib olişganida qimmatbaho metallning köproq miqdori ixtiyorimizda bölardi.
Bristol universiteti tadqiqotçilari sayyoramizda mavjud oltin va platinaning katta qismi uning qobiğida emas, balki eng çuqurlikda, yadroning yonida ekanini aniqlaşdi. Hisob-kitoblarga köra, u yerda kamida 1,6 kvadrillion (bu 15ta nolli son) sariq oltin mavjud. Agar yadrodan oltin va platina ololganimizda sayyora yuzasi tört metr balandlikdagi qatlam bilan qoplangan bölardi.
Ança oldin, taxminan 4,5 mlrd yil muqaddam, Yer endigina şakllanganida u suyuq holda bölgan. Barça oltin yadro va uning atrofidagi qobiqqa oqib ketgan. Keyin esa sayyora sovigan va eng qattiq silikon şarga aylangan.
Taxminan 3,9 mlrd yil avval sayyora asteroid zarbasiga uçradi. Oy ham bundan öz uluşini oldi. Şuning uçun u hali ham kraterlar bilan qoplangan. Aynan şu asteroidlar Yerga biz foydalanadigan oltinni olib keldi. Yaʼni bezaklarimiz tom maʼnoda boşqa sayyoradan kelib çiqqan.
Biroq sayyoramizda ayrim konlardagi oltin meteorit emas, özimizniki. Masalan, Argentinada joylaşgan Deseado toğ massivi. U yerda sayyora mantiyasi jinslari harakati metallarni Yer yuzasiga yaqinroq joyga taşlagan.
5. Yerning magnit qutblari vaqti-vaqti bilan özgaradi

Ha, aynan şunday. Vaqti-vaqti bilan sayyoramiz magnit maydonining qutbi özgaradi. Aytaylik, qölingizga kompas berib, sizni ötmişga 800 ming yil oldinga yuborişsa, uning mili şimolni emas, janubni körsatgan bölardi. Ekvatorni izlaysiz, aslida esa Şimoliy muz okeaniga kelgan bölasiz.
Bu hodisa Yer magnit maydonining inversiyasi deb nomlanadi. Jarayon tasodifan sodir böladi, sababi esa hozirça nomaʼlum. Biroq inversiya bir zumda yuz bermaydi – bunga örtaça yuz ming yil ketadi. Sönggi 83 million yilda qutblar taxminan 183 marta özgargan.
Jarayon ommaviy qirilib ketişlar bilan boğliq degan gipotezalar mavjud. Axir qutblar özgarişi vaqtida Yerga kosmik radiatsiya köproq tuşadi.
Umuman olganda, bu faqat taxminlar, xolos. Qirilib ketişlar va Yer magnit maydonining statistik boğliqligi topilmagan.
Bu sayyoraning oyoği osmondan bölişini anglatmaydi. Agar şunday hodisa yuz bersa, kompaslar sinişiga qaraganda jiddiyroq muammolar yuzaga kelgan bölardi. Masalan, aylaniş atmosfera havosini çiqarib yuborardi. Biroq bunday holat esa yuz berişi mumkin emas.
6. Yerdagi viruslar fazodagi yulduzlardan köra köproq

Ğaroyib jihati yöq, tafakkur qiliş uçun qiziqarli raqam, xolos. Agar Yerni odamlar boşqaradi deb öylasangiz, xato qilasiz. Biz sayyoraning haqiqiy xöjayinlari bilan taqqoslaganda son jihatidan kamçilik qatoridamiz.
Gap şundaki, Yerda qariyb 19 nonillion (bu 30ta nol soniga ega raqam) muayyan virus bor. Ular biz körgan fazodagi yulduzlardan 100 million marta köp.
Butun Yer yuzidan yiğilgan OITS virusi oş qoşiqqa jo böladi. Odam tanasida yaşaydigan ana şu kabi mikroorganizmlar bir neça ön neft boçkasini egallaydi.
Umuman olganda, sayyoradan yiğilgan barça viruslar kiçik toğni taşkil etadi.









