Endi tazyiq va zöravonlikdan jabrlanganlar va ularning bolalari bepul davolanadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Oğir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunda belgilangan.
Qonun bilan “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi Qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra:
• Fuqarolar yiğiniga – xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq ötkazgan va zöravonlik sodir etgan yoxud bunday işlarga moyil bölgan şaxslarni aniqlaşda, uşbu şaxslar bilan olib boriladigan profilaktika işlarida iştirok etiş vakolati;
• Fuqarolar yiğini raisiga – tazyiq va zöravonlikka uçragan hamda bu haqda murojaat qilgan xotin-qizlarni himoya qilişga doir çora-tadbirlarni belgilaş, mazkur faktlar töğrisida tegişli ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazlariga hamda içki işlar organlariga zudlik bilan xabar beriş vakolati berildi.
Şuningdek, “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra:
• Mehnat organlari tomonidan oilaviy muammolarga va zörlik işlatilişiga duç kelgan xotin-qizlar bandligini taʼminlaş va kasbga yönaltirişga kömaklaşiş;
• Soğliqni saqlaş organlari tomonidan tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçilarga va ularning bolalariga birlamçi tibbiy yordam körsatiş, ularni tibbiy körikdan ötkaziş, şuningdek tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçilarni bepul davolaş çoralari köriladi.
Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.









